Josefine Öqvist
Anna Lenita Josefine Öqvist (1983-yil 23-iyulda tugʻilgan) — shvetsiyalik sobiq futbolchi, Fransiya 1-divizionining Monpelye klubi va Shvetsiya terma jamoasida oʻynagan. U 86-daqiqada 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati yarim finalida Kanadaga qarshi oʻyinda muhim gol urib, Shvetsiyani finalga olib chiqgan. Uni
Jossan laqabi bilan ham chaqirishadi 2003-yilda Shvetsiyada yilning eng yaxshi yangi futbolchisi deb topilgan.
Uning asosiy pozitsiyasi hujumchi boʻlsa-da, u 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun yarim himoyachi sifatida tanlangan. Turnir davomida u jarohat oldi va uning oʻrniga Mariya Aronsson maydonga tushgan. Karolin Yonsson bilan birga Oʻqvist 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati oldidan oldingi xochsimon bogʻlamini (ACL) jarohatlab olishdi natijada jarrohlik amaliyoti oʻtkazish va qayta tiklanish maqsadida jahon chempionatiga borishmadi.
Pin-up qizi Öqvist 2004-yil bahorida Slitz jurnalida fotosessiyada eʼtiborni tortdi. U, shuningdek, 2011-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida erkak muhlisi bilan futbolkalarni almashtirayotgani tasvirga olingan.
Jamoalardagi faoliyati
2008-yilgi mavsumdan soʻng shved gigantlari Umeå IK Öqvistni oʻz tarkiblariga qoʻshib olishni xohlardi. Buning oʻrniga u Linköping bilan yangi ikki yillik shartnoma imzoladi. 2009-yil noyabr oyida Öqvist shaxsiy hayotida fojia yuz berdi 29 yoshli singlisi Karolin epilepsiya xurujiga uchradi. 2011-yilda Öqvist Shvetsiyaning eng koʻp muhlislarga ega jamoasi Tyresö FF bilan shartnoma tuzdi. Tyresyo Braziliya va Gollandiya terma jamoalari oʻyinchilari bilan birga Shvetsiya terma jamoasining uch nafar aʼzosi bilan tarkibini kuchaytirgan edi.
2012-yil yanvar oyida Öqvist homilador ekanligi va butun mavsumni, shu jumladan 2012-yilgi London Olimpiadasini oʻtkazib yuborishi maʼlum boʻldi. Qizi Stella tugʻilgandan soʻng, Öqvist 2013-yilda maydonga qaytdi, ammo Tyresö oʻrniga Kristianstads DFFga qoʻshilishga qaror qildi. U Malmö Redhawks jamoasida oʻynayotgan daniyalik professional xokkeychi sherigi Stefan Lassen bilan Malmyo yaqin atrofda yashagan.
UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro 2013 musobaqasida mezbon Shvetsiya terma jamoasi uchun maydonga tushganidan soʻng, Öqvist Fransiyaning Monpelye klubi bilan shartnoma imzoladi. U Fransiyada yaxshi oʻynab keta oladi, lekin tez orada shaxsiy hayotda koʻngilsizlik roʻy berdi, Lassen Graz 99ers jamoasi uchun oʻynashga Avstriyaga koʻchib oʻtdi. U Öqvist va Stelladan uzoqda yashashni normal holat deb taʼrifladi. 2014-yil may oyida Öqvist futboldan ketganini eʼlon qilib, u yaxshi saviyali futbolchi ekanligida futbolchilik faoliyatini yakunlamoqchi ekanligini aytgan.
Xalqaro karyera
2002-yil 18-avgustda murabbiy Marika Domanski-Lyfors Shimoliy Koreya ustidan 1 – 0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda Öqvistni asosoiy tarkibda maydonga tushirdi va bu uning Shvetsiya ayollar terma jamoasiga debyuti boʻldi.
Öqvist 2011-yilgi jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan Shvetsiya terma jamoasi aʼzosi boʻlgan va barcha oʻyinlarda ishtirok etgan. 2011-yilning 16-iyulida u Fransiyaga qarshi 3-oʻrin uchun boʻlib oʻtgan oʻyinda Sonia Bompastor nisbatan qoʻollik ishlatganidan soʻng qizil kartochka olgdi, ammo Shvetsiya bir kishi kam boʻlib qolganiga qaramay, 2 – 1 hisobida gʻalaba qozondi..Öqvist yarim finalda yakunida Yaponiyaga qarshi oʻyinda gol muallifiga aylangan, ammo Shvetsiya 3-1 hisobida magʻlub boʻldi.
2014-yilning fevralida Öqvist Shvetsiya terma jamoasida 12 yil oʻynaganidan soʻng xalqaro futboldagi faoliyatini yakunladi. U 80ta oʻyinda 20ta gol urgan.
Yevropa chempionati turnirlarida urilgan gollar
Yutuqlar
Linköpings FC
Mamlakat
Shvetsiya
Shaxsiy yutuqlar
Manbalar
uz.wikipedia.org