Josef Masopust
Josef Masopust — chexoslovakiyalik futbolchi, yarim himoyachi, murabbiy. 1931-yil 9-fevral Most shahrining Strijimisa tumanida tavallud topgan. Chexoslovakiya va Chexiya futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri."Goal" jurnaliga koʻra Chexiya tarixidagi eng yaxshi futbolchi.1962-yilgi jahon chempionati finaliga qadar yetib borgan jamoa yetakchisi, u oʻz jamoasining yagona golini urgan.Yevropaning eng yaxshi futbolchisi-1962.IFFHS talqiniga koʻra u dunyoning eng yaxshi futbolchilari orasida 41-oʻrinda va XX-asrdagi Yevropaning eng yaxshi futbolchilari orasida 38-oʻrinda. Placar talqini boʻyicha futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilar orasida 61-oʻrinni egalladi.Planete Foot va Voetbal International tomonidan dunyoning eng yaxshi futbolchilari roʻyxatiga kiritilgan.FIFA 100 aʼzosi. Chexiyadagi futbol akademiyasiga Masopust nomi berilgan.
Faoliyati
Strjimitse qishlogʻida kambagʻal katta oilada tugʻilgan. Otasi konchi boʻlib xotini va 6 nafar farzandini boqqan. Masopust bolaligida butun qishloqning sigir va echkilarini boqish bilan band bo‘lgan, bo‘sh vaqtlarida doim futbol o‘ynagan.Chexoslovakiya nemislar tomonidan bosib olingandan keyin qishloq maktablarida nemis tili joriy etila boshlandi, barcha fanlar faqat nemis tilida oʻqitila boshlandi.Sovet armiyasi tomonidan Chexoslovakiyani ozod qilish paytida Strjimitsening katta qismi vayron qilingan. Shuning uchun oila eng yaqin shahar Most koʻchib oʻtishga majbur boʻldi.Tez orada Josef mahalliy „Banik“ klubida oʻynay boshladi.
Keyin u „Vodotexna“ klubiga oʻtdi va u yerda jamoa bosh murabbiyi Rudolf Vytlachil tomonidan olib ketildi.Vytlachil Masopustning otasi koʻp ishontirishidan keyin uning oʻyinini tomosha qilishga rozi boʻldi."Teplice" klubi uchun „Viktoriya Jijkov“ga qarshi birinchi oʻyinda Masopust gol urdi va uning klubi 4:0 hisobida gʻalaba qozondi.U yerda u oʻzini yaxshi koʻrsatdi va „Lvichata“ nomi ostida ishtirok etgan Chexoslovakiya yoshlar terma jamoasiga chaqirila boshlandi. U yerda uni bilishdi va Chexoslovakiya futboli yetakchi klubi „Dukla“ lageriga taklif qilishdi."Dukla" yaqinda qayta tashkil etilgan va Mudofaa vazirligiga tegishli boʻlgan va toʻgʻridan-toʻgʻri mamlakat mudofaa vaziri Aleksey Chepichkaga boʻysunuvchi idoraviy klub edi.Konchining oʻgʻli Masopust umumiy harbiy xizmatga chaqirilmagan va shuning uchun unga ikkinchi leytenant unvoni berishga va 12 ming krona miqdorida maosh tayinlashga qaror qilindi. Oilaning roziligini olishgandan soʻng Masopust rozi boʻldi va 1952-yil aprel oyida u „Dukla“ oʻyinchisiga aylandi.
„Dukla“da u yarim himoyaning chap qanotiga joylashtirildi. Ammo klub bosh murabbiyi Karel Kolskiy himmati tufayli Masopust chap qanot bilan cheklanib qolmadi. U oʻz jarima maydonchasidan raqib jarima maydonchasigacha harakat qilib, jamoasining barcha hujumlari tashkilotchisi edi. Hujum qilayotganda Masopust qanotda son ustunligini yaratdi, bundan jamoa unumli foydalandi va himoyalanishda u juda kam ortga qaytdi. Ikkinchi himoyachi yaʼni tayanch yarim himoyachiga aylandi. Bundan tashqari, Masopust yaxshi driblingga ega edi va ikkala oyogʻi bilan teng darajada yaxshi oʻynardi. Masopust ayniqsa tezkor paslarda, to‘pni chapga keyin o‘ngga olib raqiblarni aylanib o‘tishda muvaffaqiyat qozondi. Bu dovonlar „Masopust slalomlari“ deb ataladi.
Futbolda toʻpga egalik qilish texnikasi muhim muammolardan biridir. Agar siz hatto raqibga qarshi nima qilish kerakligini bilsangiz ham bu hammasi emas. Oʻz oʻyinchilaringizni joylashuvini bilsangiz va ularga toʻp uzatishni yoki aksincha raqiblaringizdan toʻpni qanday tortib olishni bilsangiz ham. Yaxshi futbol oʻynash koʻproq narsani xohlash demakdir. Hech qachon erishgan yutuqlaringiz bilan toʻxtamang hech qanday mashgʻulotdan qochmang va koʻpincha toʻyimli ovqatdan bosh tortmang. Men har kuni 5-6 km kross yuguraman buni oʻz tashabbusim bilan qilaman, meni hech kim majburlamaydi. Men buni oʻzim uchun qilayotganimni bilaman. Shuning uchun 90 daqiqa davomida tez sur’atda oʻynash meni maydonda tushkunlikka solib qoʻymaydi. Har doim oxirgi daqiqalar juda uzoq, oyoqlar itoat qilishni xohlamaydigan holatlar boʻlmaydi. Toʻp bilan slalom haqida? Tez fikrlash kerak, lekin tezda raqib jamoa oʻyinchisining rolini, u taxminan nima qila olishini tushunish kerak. U toʻpni chap yoki oʻng oyogʻi bilan tepadimi yoki men toʻpni egallab olishga ulgurgunimcha fint qiladimi? U qaror qilsin, lekin men uning ortida toʻp bilan boʻlishim kerak. Futbol ham aqliy oʻyindir. Josef Masopust
Masopust „Dukla“ uchun 16 mavsum oʻtkazdi. U klub bilan 8 marta Chexoslovakiya chempionligi ba 3 marta Chexoslovakiya kubogini qoʻlga kirtigan va podpolkovnik unvoniga ega boʻldi."Dukla" Gʻarb mamlakatlariga ham chiqish qildi, masalan Meksikadagi musobaqada Pele boshchiligidagi „Santos“ 4:3 hisobida magʻlub etildi. Oʻsha oʻyindagi ikkita golni Masopust kiritdi.1962-yilda Masopust Yevropaning eng yaxshi oʻyinchisiga beriladigan „Oltin toʻp“ ni oldi."Dukla"da oʻynab yurgan vaqtida unga "Real Madrid" tomonidan shartnoma taklif qilingan, biroq futbolchi moliyaviy jihatdan foydali taklifni rad etgan. Uni „Latsio“, "Internasionale","Milan" va boshqa klublarda ham koʻrishni xohlashdi, ammo Masopust hammani rad etdi.1968-yil 22-iyunda Masopust „Dukla“ uchun soʻnggi oʻyinini oʻtkazdi. Masopust oʻz faoliyatini Belgiyaning „Royal Krossing“ klubida yakunlagan va u Belgiya birinchi divizioniga chiqishga yordam bergan.
Chexoslovakiya terma jamoasi tarkibida Masopust 1954-yil 24-oktyabrda Vengriya terma jamoasi bilan oʻyinda chexoslovaklar 1:4 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda debyut qildi.1960-yilda u milliy terma jamoa bilan Yevropa chempionatining bronza medallarini qoʻlga kiritdi va ikki yildan soʻng u bilan Jahon kubogi finaliga chiqdi. Unda chexoslovaklar Braziliya termasiga 1:3 hisobida yutqazdi. Bu oʻyinda raqib jamoaning bir nechta oʻyinchilarini aylanib oʻtib, birinchi golni Masopust kiritdi. Chexoslovakiyaliklarning musobaqadagi murabbiyi Masopustning „Teplice“dagi sobiq murabbiyi edi. Chexoslovaklarning magʻlubiyatiga sabablardan biri Nikolay Latishevning hakamligi boʻldi. Umumiy hisobda Masopust terma jamoa safida 63 ta o‘yin o‘tkazib 10 ta gol urgan. Uning soʻnggi oʻyini 1966-yil 18-mayda SSSR terma jamoasi bilan boʻlib oʻtgan oʻyinda sovet futbolchilari 2:1 hisobida gʻalaba qozonishgan.
Har bir bolakay kabi men ham Jahon chempionati finalida oʻynashni orzu qilardim. Men ham uni yutishni orzu qilardim. Josef Masopust
Masopust futbolchilik faoliyatini yakunlagach murabbiylik faoliyatini boshladi. U avval „Dukla“ning oʻrinbosarlariga, keyin esa „Dukla“ning asosiy jamoasiga ustozlik qildi. Keyin „Brno“ bilan birga ishladi va jamoani Chexoslovakiya chempioniga aylantirdi. Keyin u Belgiyada „Hasselt“ klubi va Chexoslovakiya terma jamoasida ishladi va ular bilan 1986-yilgi Jahon chempionati saralashida Gʻarbiy Germaniyaga 1:5 hisobida magʻlub boʻlishdi.1988-1991-yillarda Masopust Indoneziya yoshlar terma jamoasiga ustozlik qilgan.OVD yiqilgach Masopust Chexiyaga qaytib keldi. Vatanida u „Brno“ va „Decin“ni boshqargan. Keyin u qisqa muddat inspeksiya-sud qoʻmitasida ishladi, biroq kelishilgan oʻyinga imzo chekish uchun unga pora taklif qilishgach qoʻmita va futbolni tark etdi.
Masopust hayotining soʻnggi yillarini Pragada oʻtkazdi va „uning davridan hech narsa qolmaganini“ daʼvo qildi."Dukla" tarqatib yuborildi (keyinchalik qayta tiklandi).Strjimitse qishlogʻi vayron qilinib, aholisi quvib chiqarildi va uning oʻrniga koʻmir koni qurildi. Masopust qishloqni buzish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilinishini soʻradi, lekin unga quloq solishmadi."Teplice" stadionida begona oʻtlar oʻsardi va u ranglarini himoya qilgan Chexoslovakiya davlat sifatida mavjud boʻlishni toʻxtatdi.Biroq Masopust ishlashda davom etdi. Chexoslovakiya futboli faxriylarini birlashtirgan „donolar kengashi“ aʼzosi va milliy terma jamoaning sobiq oʻyinchilariga yordam beradigan xalqaro futbol jamgʻarmasi boshqaruvi raisi edi.2015-yil 29-iyunda Pragada vafot etgan.
Shahsiy hayot
Masopustning uch farzandi-ikki o‘g‘li va bir qizi bor. Uning to‘rt nabirasi bor. Katta oʻgʻli Honza velosipedchi bo‘lib, tog‘ velosipedi bo‘yicha Yevropa chempionatida qatnashgan, jarohati tufayli faoliyatini yakungan. Kichik oʻgʻli xokkeychi boʻldi, lekin faoliyatini erta yakunladi. Qizi Ivanka tennischi boʻlgan, belgiyalik tennischiga turmushga chiqqan va Belgiyada yashaydi.
Yutuqlari
Futbolchi kabi
Jamoaviy "Dukla" (Praga) Chexoslovakiya terma jamoasi Murabbiy kabi
"Zbroyovka" (Brno) Shaxsiy Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org