Jose Nasazzi




Jose Nasazzi Yarza (ispancha: José Nasazzi Yarza)-urugvaylik futbolchi, himoyachi.1901-yil 24-mayda Montevideoda tugʻilgan.1930-yilgi jahon chempioni, ikki karra Olimpiada chempioni.U barcha oʻyinlarni terma jamoa sardori sifatida oʻtkazdi.Urugvay terma jamoasi tarixidagi eng nomdor va koʻzga koʻringan futbolchilardan biri.

Tarjimai holi



Jose Nasazzi Lombardiyalik Juzeppe Nasazzi va bask emigrantlarining qizi Jacinta (qizlik familiyasi-Yarsa) oilasida tugʻilgan.Boshlangʻich maktabni tugatgach,Jose marmar ustaxonasiga ishga kirdi.Juda baquvvat boʻlgan Nasazzi 17 yoshida „Lito“klubida futbol oʻynay boshladi.1920-yilda u „Roland Mur“ klubiga koʻchib oʻtdi.1922-yilda u oʻzining tugʻilgan „Belya Vista“ jamoasiga qoʻshildi va u yerda futbolchilik faoliyatining muhim qismini oʻtkazdi.

Professional faoliyati davomida u „Belya Vista“ klubida (1922-1932) 250 uchrashuv,8 gol va „Nasional“ (1932-1937) uchun 90 uchrashuv,10 gol oʻtkazgan.

Urugvay terma jamoasi uchun 04.11.1923 dan 20.09.1936-yilgacha u 41 ta oʻyin oʻtkazgan.

Jose Nasazzi odatda oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynagan, ammo markaziy himoyada ham oʻynagan.Nasazzi Urugvay terma jamoasining yetakchisi va sardori boʻlgan.Oʻzi oʻynagan klublarida katta jismoniy kuch va toʻpbilan muomala qilishda juda mohir edi.

1968-yil 17-iyunda qiziloʻngach saratonidan vafot etgan.

Xotira



"Belya Vista" stadioni Jose Nasazzining nomi bilan atalgan.

Shuningdek dunyodagi norasmiy tizimlardan biri eng kuchli jamoasini „Nasazzining Estafeta tayoqchasi“ nomi bilan ataydi.1930-yilgi Jahon chempionatida Urugvay terma jamoasi gʻalaba qozonganidan soʻng, chempionni (Braziliya) magʻlub etgan birinchi jamoaning sardori ushbu „estafeta tayoqchasini“ oldi va uning jamoasi norasmiy ravishda dunyoning eng kuchlisi deb eʼlon qilindi.Boshqa shunga oʻxshash reytinglardan farqli oʻlaroq (masalan, norasmiy jahon chempionati), faqat oʻyinning asosiy vaqtida qayd etilgan natija hisobga olinadi.

Yutuqlari



Urugvay chempioni-1933,1934

Janubiy Amerika chempioni-1923,1924,1926,1935

Olimpiada chempioni-1924,1928

Jahon chempioni-1930

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz