Jose Luis Chilavert




Jose Luis Felix Chilavert Gonzalez (ispancha: José Luis Félix Chilavert González)—paragvaylik darvozabon.1965-yil 27-iyulda Paragvayning Sentral departamenti Luke shahrida tugʻildi.Paragvay terma jamoasi bilan 1998 va 2002-yillarda ikki marta jahon chempionati ishtirokchisi.Paragvayning jamoat va siyosiy arbobi.

U uzoq vaqt davomida futbol tarixidagi eng sermahsul darvozabon sifatida jahon rekordchisi boʻlgan.Faoliyati davomida jarima zarbalari va penaltidan 62 ta gol urgan. 2006-yilda Chilavertni bu koʻrsatkich boʻyicha braziliyalik Rojerio Seni ortda qoldirdi.Ammo Chilavert 8 gol bilan terma jamoadagi gollari soni boʻyicha darvozabonlar orasida rekordchi boʻlib qolmoqda.Chilavert xet-trik qayd etgan yagona darvozabondir.Bu 1999-yil noyabr oyida Argentinaning „Vales Sarsfild“ va „Ferrokaril Oeste“ klublari oʻrtasidagi oʻyinda (6:1) sodir boʻldi.Chilavert uchta golni ham penaltidan kiritdi.

U 2005-yilda faoliyatini yakunlagan.

Faoliyati



Dastlabki yillar



Jose Chilavert Gran Asunsonning Luka shahrida kambagʻal va kamtar oilada oʻsgan va 7 yoshigacha yalangoyoq yurgan.Guarani xalqlari guruhidan boʻlgan millat vakili. Uning ota-onasi-Katalino Chilavert,Nikolas Gonsales davlat tashkilotida hisobchi boʻlib ishlaydi.Oilada toʻrtta farzand boʻlib, hammasi oʻgʻil edi.Uning ukalaridan biri Rolando Chilavert ham professional futbolchi.

Klubdagi faoliyati



Chilavertning birinchi klubi Luke shahridan „Sportivo Luqueno“ boʻlib, u yerda darvozabon 1980-yilda 15 yoshida asosiy tarkibda debyut qilgan (jamoa „Sol de America“ni 3:1 hisobida magʻlub etgan),18 yoshida esa u barqaror oʻyin koʻrsatgan.1984-yilda u "Guarani"ga koʻchib oʻtdi va oʻsha yili u akasi Rolando bilan Paragvay chempioniga aylandi. „Guarani“ bosh murabbiyi Kayetano Re oʻsha mavsumdan soʻng Paragvay terma jamoasini boshqargan va Chilavertni 1986-yilgi jahon chempionatining asosiy darvozaboni sifatida chaqirgan.Biroq Joze startga bir oy qolganida jarohat olgani uchun jahon chempionatiga bora olmadi. 1985-yilda Jose yugoslaviyalik murabbiy Velibor Milutinovich boshchiligidagi argentinalik „San-Lorenso“ga koʻchib oʻtdi va u yosh darvozabon bilan jarima zarbalarini bajarishni boshladi.

1989-yilda Chilavert Yevropaga koʻchib oʻtdi va Ispaniyaning „Real Saragosa“ jamoasida oʻynay boshladi.Asosiy darvozabon sifatida 79 ta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan Chilavert Janubiy Amerikaga,Argentinaning „Vales Sarsfild“ga qaytdi.U bilan 9 mavsumda toʻrt marta Argentina chempioni,Libertadores kubogi va Qitʼalararo kubok sohibi boʻldi.Umuman olganda bu davrda Chilavert klub safida 48 ta gol urdi va 1999-yilda xet-trik muallifiga aylandi.

2000-yilda Chilavert Fransiyaning „Strasburg“ klubiga koʻchib oʻtdi va u yerda keyingi yili Fransiya kubogini qoʻlga kiritdi."Amiens" bilan chempionlik uchun finalda Chilavert oʻyindan keyingi seriyada gʻalabali penaltini aniq amalga oshirdi.Bu Josening klubdagi yagona goli edi.

2002-yilda Jose Luis Urugvayning „Penyarol“ klubi bilan shartnoma imzoladi.Buning uchun u 2 mavsumda atigi 14 ta oʻyin oʻtkazdi, ammo 2003-yilda Urugvay chempioni boʻldi. Mavsum tugaganidan soʻng darhol u „Vales Sarsfild“ga qaytdi va u yerda yana ikki mavsum oʻtkazdi.Ikkinchi darvozabon sifatida 6 ta oʻyinda maydonga tushdi.

Terma jamoadagi faoliyati



Chilavert 1989-yilda Paragvay terma jamoasi safida debyut qilgan.Oʻsha yilning 27-avgustida u rasmiy turnirlarda faoliyatidagi ilk golini kiritdi.Bu Kolumbiya terma jamoasiga qarshi 1990-yilgi jahon chempionatiga chiqish uchun oʻyinda boʻlib oʻtdi.Uchunchi qoʻshib berilgan daqiqada 1:1 hisobida kolumbiyaliklar darvozaboni Rene Higuita oʻz jarima maydonchasi ichida Paragvay terma jamoasi hujumchisini yiqitdi va hakam penalti belgiladi.Maydondagi oʻyinchilar, zaxiradagilar, murabbiylar va jamoalarning maʼmuriy shtablari ishtirokida mushtlashuv kelib chiqdi.Janjal tugagach toʻpni Chilavert joyiga qoʻydi va kolumbiyaliklarning navbatdagi gʻazabini keltirib chiqardi.Ular toʻp darvozaga juda yaqin qoʻyilganini his qilishdi.Hakam hushtak chalgach Chilavert darvozabonning chep tomonidagi burchakka zarba berib, jarima toʻpini ishonchli tarzda golga aylantirdi.

Umuman olganda Paragvay terma jamoasidagi xalqaro faoliyati davomida Chilavert turli turnirlarda 74 ta oʻyin oʻtkazib,8 ta gol urgan.7 ta jahon chempionatlari saralash turnirlarida va bittadan Argentinaga qarshi Amerika kubogi guruh bosqichida.

Siyosatchi sifatida



Futbolni tugatgandan soʻng,Chilavert Paragvayda ijtimoiy va siyosiy faoliyatga kirishdi.2020-yil oxirida u 2023-yilgi saylovlarda prezidentlikka nomzodini qoʻyish istagi borligini maʼlum qildi.

Mukofotlar va yutuqlari




Shaxsiy yutuqlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz