Jose Leandro Andrade
Jose Leandro Andrade (ispancha: José Leandro Andrade)-urugvaylik futbolchi, yarim himoyachi va himoyachi.1901-yil 1-oktyabrda Urugvayning Salto shahrida tugʻilgan.1930-yil jahon chempioni, ikki karra Olimpiada chempioni-1924 va 1928-yil.Andrade birinchi boʻlib futbolning „qora javohiri“ deb atalgan.Pele xuddi shunday maqtovga ancha keyin erishdi.
Montevideoning „Penyarol“da(1920-yilgacha va 1932-1935), „Miramar Misiones“ (1921), „Belya Vista“ (1922,1924,1936), „Reformers“ (1923), "Nasional" (1925-1931), „Uonderers“ (1937) klublarida oʻynagan.Xorijda esa Argentinaning „Atlanta“ va „Arxentinos Xuniors“ (1936) klublarida oʻynagan.
Tarjimai holi
Jose Leandro Andrade 1901-yilda Salto shahrida tugʻilgan.Uning onasi argentinalik edi.Katta ehtimol bilan Jose Ignasio Andrade boʻlgan otasi tugʻilganlik haqidagi guvohnomada faqat guvoh sifatida qayd etilgan.Tugʻilganda Afrika sehr-jodusi boʻyicha mutaxassis Jose Ignasio allaqachon 98 yoshda edi va u yerda quldorlik avj olgan bir paytda u Braziliyaga hijrat qilgan.
Yoshligida Jose poytaxtning Palermo tumaniga koʻchib oʻtdi va xolasi qoʻlida tarbiyalandi.Futbolda professionallik paydo boʻlishidan oldin u karnavallarda musiqachi boʻlib ishlagan (u nog'ora,skripka va daf chalishi mumkin edi).Shuningdek poyabzal tozalovchi va gazeta sotuvchisi boʻlib ham ishlagan.
Andrade oʻzining virtuoz oʻyini va raqsni eslatuvchi toʻp texnikasi bilan 1924-yilda Parijda boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlarida Yevropa jamoatchiligi koʻnglini zabt etdi. Fransuz matbuoti unga „Qora moʻjiza“, „Qora javohir“, shuningdek, „Futbol musiqachisi“ laqablarini berdi.1928-yilda u milliy terma jamoa bilan Yevropa tuprogʻi Amsterdamda ikkinchi marta Olimpiada oʻyinlarida gʻolib chiqdi.
Andrade qanot himoyachisi sifatida oʻynardi.1930-yilda gʻalaba qozongan jahon chempionati oldidan u jiddiy jarohat oldi, bu uning faoliyatini deyarli yakunlashiga olib keldi.Ammo tiklanishga muvaffaq boʻldi va musobaqada qatnashdi.
Professionallik joriy etilgandan soʻng, futbol standartlari boʻyicha allaqachon keksa boʻlgan Andrade yangi talablarga moslasha olmadi va 1937-yilda bir qator klublarni oʻzgartirib futbolchilik faoliyatini yakunladi.1933-yilda terma jamoadagi faoliyatini yakunlagunga qadar u terma jamoa safida 41 ta oʻyin oʻtkazgan.
1950-yilda Jose Leandro Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatiga faxriy mehmon sifatida taklif qilindi.Uning jiyani Viktor Rodriges Andrade oʻsha musobaqada jahon chempioni boʻlgan va Urugvay terma jamoasi yetakchilaridan biri boʻlgan.
1956-yilda jurnalist Frits Xak Montevideoning qashshoq hududidagi kichkina uyda yashayotgan va alkogolizmdan aziyat chekayotgan Andradeni qidirib topdi.Buyuk futbolchi bir yildan soʻng kambagʻallar uchun „Pineiro del Kampo“ uyida sil kasalligidan vafot etdi.
Yutuqlar va mukofotlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org