José Martí




José Julián Martí Pérez (28-yanvar, 1853 – 19-may, 1895) — Kuba milliy qahramoni, ispan mustamlakachilariga qarshi milliy ozodlik kurashining gʻoyaviy tashkilotchisi, faylasuf, yozuvchi, jurnalist va tarjimon. Madrid va Saragosa universitetlarini tugatgan. Kuba inqilobiy partiyasi asoschisi (1892—1898). Turli sotsial qatlam vakillarini birlashtirgan bu partiya 24-fevral 1895-yilda boshlangan Kuba milliy ozodlik qoʻzgʻolonini tashkil etishda katta rol oʻynagan. "Abdala" nomli romantik drama (1869), sheʼrlar toʻplamlarining muallifi. 11-aprelda Martí va qoʻzgʻolonning boshqa rahbarlari tushgan kema Oryente viloyatiga kelgan, biroq oradan bir oy oʻtgach, Dosrios yaqinida ispanlar bilan boʻlgan jangda halok boʻlgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz