José María Callejón




José María Callejón Bueno (talaffuzi: Xose Maria Kayyexon Bueno; 11-fevral 1987, Motril, Ispaniya) — ispaniyalik oʻyinchi,
Madridning „Real“ jamoasi qanot yarimhimoyachisi va hujumchisi.

Jamoalardagi faoliyati



= "Real Madrid"



Kalyexon yoshlikdan „Real Madrid“ tarbiyalanuvchisi hisoblanib, u professional faoliyatidagi debyutini „Real Madrid B“ jamoasida 2007-yilning may oyida nishonladi va 2006/07 mavsumda u Segunda ligasi 4 ta golsiz oʻyin oʻtkazdi.

2007/08 mavsumda esa u 37 ta oʻyinda ishtirok etib, 21 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Natijada u jamoaning toʻpurari sifatida mavsumni tugatdi.

= "Espanyol"[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum tugashi bilan Kalyexon oʻzining egizak akasi Juanmi bilan „Real Madrid“ni tark etib, „Espanyol“ jamoasi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. La Ligadagi debyutini 2008-yil 20-sentabrda uy maydonida oʻtgan „Xetafe“ jamoasi bilan kechgan uchrashuvda maydonga almashtirilib tushirildi.
2009-yil 15-martda u „Espanyol“ tarkibidagi birinchi golini „Malyorka“ darvozasiga urishga muvaffaq boʻldi. U keyingi mavsumlarda asosiy tarkib oʻyinchisiga aylandi va asosan qanot yarimhimoyachisi sifatida maydonga tusha boshladi.
2011-yil 15-yanvarda Kalyexon „Sevilya“ darvozasiga oʻzining birinchi dublini kiritdi (2:1). U ichki chempionatning faqat bittagina oʻyinini oʻtkazib yubordi va u mavsum oxirigacha 6 ta gol urishga muvaffaq boʻldi, jamoa esa turnir jadvalida oʻzi uchun qulay boʻlgan oʻrin bilan mavsumni yakunladi.

= "Real"ga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]
2011-yilning 23-mayida Kalyexon Real bilan 1-iyuldan boshlab kuchga kiruvchi besh yillik shartnoma imzoladi. Transfer narxi € 5,5 mln.ni tashkil etgan. 16-iyul u Real tarkibidagi birinchi oʻyinida Los Anjeles Gelaksi jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 30-daqiqada gol urishga ham muvaffaq boʻldi.
2011-yil 2-oktabrda u oʻzining sobiq jamoasi „Espanyol“ga qarshi 2-nchi boʻlimda maydonga tushdi va Krishtianu Ronalduning toʻp uzatishidan soʻng, oʻzining „Real Madrid“dagi rasmiy birinchi golini urdi. U sobiq jamoasini hurmatini saqlagan holda shunchaki qoʻlini osmonga koʻtargancha yurib, golini nishonlamadi.

UEFA Chempionlar Ligasi 2011-2012 guruh bosqichida muddatidan oldin play-offga chiqqan jamoa bosh murabbiyi qolgan oʻyinlarda zahira oʻyinchilarini tushirdi va 2011-yilning 22-noyabrida Zagrebning Dinamo jamoasiga qarshi kechgan oʻyinda Kalyexon oʻz hisobiga bitta golni yozdirdi va jamoa oʻsha oʻyinda 6:2 hisobida gʻalaba qozondi. Shuningdek, guruh bosqichining soʻnggi Ayaks bilan kechgan oʻyinida u dubl qaytib etib, jamoasining 3:0 hisobida gʻalaba qozonishiga yordam berdi.

Napoli



2013-yil 9-iyulda Kalyexon Italiyaning Napoli jamoasiga 10 mln. yevro evaziga oʻtdi. U italiyaliklar bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Unga jamoaning „7“ raqami berildi.

Terma jamoada



Kalyexon Ispaniya yoshlar terma jamoasidagi debyutini 2008-yil 25-martida Qozogʻiston yoshlar terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda nishonladi. U oʻyinda 46-daqiqada Boyan Krkich oʻrniga maydonga tushib, 15-daqiqadan soʻng, oʻzining termadagi birinchi golini kiritishga erishdi. Ispaniya ushbu oʻyinda 5:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Xalqaro gollari




Jamoadagi statistikasi



2012-yil 5-may holatiga.

Erishgan natijalari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz