José Luís




José Luís Mendes Andrade (talaffuzi: Xose Luis Mendes Andrade; 1991-yil 24-yanvarda tugʻilgan) — Kabo-Verdiyalik futbolchi, Hatayspor futbol klubi va Kabo Verde terma jamoasi hujumchisi. Kabo-Verdeda tugʻilgan, u 18 yoshida Portugaliyaga koʻchib oʻtgan va u yerda professional faoliyatini „Gil Vicente“ futbol klubida boshlagan. 2009-yil 29-noyabrda u Portugaliya Segundasida „Chaves“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan. 2010-yilning 15-aprelida „Beira Mar“ futbol klubiga qarshi bahsda José Luís jamoadagi ilk golini urgan. Dastlabki ikki mavsumda u yaxshi oʻyin koʻrsatib, jamoaning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan, shuningdek, uning elitaga chiqishiga va Portugaliya Liga kubogi finaliga chiqishiga yordam bergan.

Xalqaro faoliyati



2010-yil 24-mayda Portugaliyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida José Luís Kabo-Verde terma jamoasida debyut qilgan.

U ilk xalqaro golini 2014-yilning 6-sentyabrida Nigerga qarshi 2015-yilgi Afrika Millatlar Kubogi saralashida urgan. Oradan 4 kun oʻtib, Zambiya terma jamoasiga qarshi saralash bahsida ham gol urgan. Baʼzi manbalar shuni koʻrsatadiki, José Luís 2012-yilda JCh-2014 saralashida (2-iyun) Syerra-Leonega qarshi oʻyinda va Afrika Millatlar Kubogi-2013 saralashida (16-iyun) Madagaskarga qarshi gol urgan.

2019-yil oktyabr oyida Togoga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida u 2 yildan ortiq vaqtdan beri birinchi marta milliy terma jamoada oʻynagan va 2014-yildan beri ilk golini kiritgan. 2019-yilning noyabr oyida u Afrika Millatlar Kubogi saralashida Mozambikga qarshi oʻynagan.

José Luís 2012, 2013, 2015, 2017, 2019 va 2021-yillarda Afrika Millatlar Kubogi saralash bosqichida ishtirok etgan, ammo Kabo-Verde saralash bosqichidan oʻtganida 2013 va 2015-yilgi final turnirlarida tarkibga kiritilmagan. José Luís 2014 va 2018-yilgi jahon chempionatlari saralashida ham ishtirok etgan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz