Jos




Jos — Afrika gʻarbidagi plato, Niger va Benue daryolari oraligʻida, Nigeriyaning markaziy qismida joylashgan. Kristalli jinslardan tuzilgan. Oʻrtacha bal. 1200–1400 m, eng baland joyi — 1735 m. Past-baland yuzalarda baʼzan granitli choʻqqilar, yassi yuzali tepaliklar va soʻngan vulqon kraterlari koʻtarilib turadi. J. platosidan Niger daryosi va Chad koʻlining koʻplab irmoqlari boshlanadi. Iqlimi ekvatorial mussonli, nam iqlim; yiliga 1000 mm chamasida yogʻin yogʻadi. Ikkilamchi boʻliq oʻtli savannalar bilan qoplangan. Qalay, tantal va niobiy konlari bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz