Jorvan Vieira
Jorvan Vieyra (1953-yil 29-sentabrda tugʻilgan) — braziliyalik va portugaliyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, Braziliya A Seriyasida „Botafogo“, „Vasko da Gama“ va „Portugaliya“ klublarida oʻynagan va hozirgi kunda murabbiy sifatida faoliyat boradi.
Faoliyati
Futbolchilik faoliyati
Vieyra Braziliyaning Rio-de-Janeyro shtatidagi Dukidi-kashias shahrida tugʻilgan. U oʻzining professional futbolchilik faoliyatini toʻrt yili davomida Sport tibbiyoti yoʻnalishida oʻqiganidan soʻng boshlagan, 1970-yillarda Braziliyaning „Vasko da Gama“, "Botafogo " va „Portuguesa“ klublarida oʻynagan.
Murabbiylik faoliyati
Vieyra 1986-yilda Meksikada boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha jahon chempionatida Marokash milliy terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi etib tayinlangan. Musoboqada hamyurti Xose Fariya bilan birga u Marokashni Angliya, Portugaliya va Polsha oʻrin olgan guruhda, guruh gʻolibi sifatida turnirning ikkinchi bosqichiga olib chiqdi.
Keyinchalik u Quvaytning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borib, foydali oʻyin koʻrsatdi. 1999-yilgi mavsumda „Al Qodisiya“ni Quvayt ligasi chempioni aylanishida katta hissa qoʻshdi. 2001-yilda Misrning „Al-Ismoiliy“ klubini boshqarganidan soʻng keyingi muvaffaqiyatlariga erishdi. Oʻsha yili Vieyra yana Ummonning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bir yil ishlagandan soʻng, Vieyra Malayziyaning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga murabbiylik qildi va Ummonga qaytdi va u yerda „Al-Nasr Salaloh“ jamoasini Sulton Qobus kubogiga olib chiqdi va keyinchalik Saudiya Arabistonining „Al-Taʼee“ klubiga bosh murabbiylik qildi.
2007-yil 26-dekabrda Vieyra Eron Pro-ligasida Mes Kerman FK bilan taxminan 640 000 dollar evaziga bir yillik shartnoma imzolagani rasman eʼlon qilindi. Ammo bir necha kundan soʻng, 29-dekabrda bitim moliyaviy sabablarga koʻra amalga oshmadi.
2008-yil 2-fevralda Vieyra OChL 2007 finalchisi „Sepahan“ klubi bilan 18 oylik shartnoma imzoladi. Vieyra 2008-yilning 9-iyunida, shartnoma muddati tugashiga 12 oy qolganda „Sepaxon“ FK tomonidan ishdan boʻshatildi.
Vieyra 2008-yil 2-sentyabrda Iroq terma jamoasi bilan bilan bir yillik shartnoma imzoladi va ularni ikkinchi marta boshqardi. Iroqdagi ikkinchi faoliyatida Fors koʻrfazi kubogida yetakchilik qildi.
2013-yil 10-avgustda Jorvan Vieyra Quvayt milliy terma jamoasiga murabbiy etib tayinlandi. Braziliyalik murabbiyning Iroq terma jamoasini 2007-yilgi Osiyo Kubogida muvaffaqiyatga erishtirgani Quvaytliklar uchun katta sabab boʻldi.
2018-yilning oktabr oyida Jorvan Viera Misrning Ismoili jamoasiga murabbiy etib tayinlangandi. 2018-2019-yilgi mavsumdagi arab klublari chempionlar kubogida bir qator yomon natijalar va penaltilar seriyasidan 4:2 hisobida Raja Kasablanka jamoasiga magʻlub boʻlib turnirdan chiqib ketganidan soʻng, 2018-yilning 13-dekabrida atigi 2 oydan keyin isteʼfoga chiqdi.
Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyat
2007-yilgi Osiyo Kubogi finaliga ikki oydan kamroq vaqt qolganida Vieyra urushdan vayron boʻlgan Iroq terma jamoasiga murabbiy etib tayinlandi. Vieyra ularni 2007-yilgi WAFF chempionati finaliga qadar yetakladi, ammo finalda Eronga qarshi oʻyinda 1:2 hisobida yutqazib, ikkinchi oʻrinni egalladi. Ushbu turnirdan soʻng Iroq terma jamoasi Osiyo kubogida maydonga tushdi. Ajablanarlisi shundaki, u turnirdan oldingi favorit Avstraliyani 3:1 hisobida magʻlub etib, Koreyani penaltilar seriyasida ortda qoldirgan va yakunda finalda oʻzining azaliy raqiblaridan biri Saudiya Arabistonini 1:0 hisobida magʻlub etdi. Trunir yakunida Iroqni 2007-yilgi Osiyo kubogida chempion boʻlishiga olib keldi.
Shaxsiy hayot
Boshqaruv statistikasi
match played 9 January 2021
Yutuqlar
Murabbiy
Iroq Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org