Jorj Xanter (fotosuratchi)




Jorj Hunter 1921-yilda tugʻilgan va 2013-yil 10-aprelda vafot etgan. Kanadalik hujjatli fotolar olish bilan shugʻullanadigan fotograf boʻlib, yetti yil vaqtini sanoat va landshaft sahnalarini plyonkada suratga olishga sarflagan.

Faoliyati



U Saskachevanning Regina shahrida tugʻilgan va Winnipeg Tribune kabi gazetalarda fotograf boʻlib ishlagan. U 1940-yillarda Kanada Milliy Film Kengashida (NFB) ham faoliyat olib borgan. Urushdan keyin esa mustaqil ish bilan shugʻullangan va uning fotosuratlarining asosiy qismini aerofotosurat egallaydi.

Uning eng mashhur ishi 1950-yillarning oʻrtalarida Time jurnalida nashr etilgan. Keyinroq esa 1954-yil 20-sentyabrda uning Amerika landshaftlari haqidagi „Qorongʻilikdan keyin AQSh“ deb nomlangan fotosuratlari 12 sahifalik maqolada aks ettirilgan. Uning ishi butun mamlakat boʻylab, shu jumladan Kanada zamonaviy fotosuratlar muzeyidagi yuzdan koʻrgazmalarda namoyish etilgan. U keyingi yillarini Mississauga, Ontario shahridagi oʻzining uyida tashkil etgan studiyasida oʻtkazgan. Hunter 2013-yil 10-aprelda 92 yoshida Mississauga Credit Valley kasalxonasida ogʻir kasallikdan vafot etgan.

Unvonlari



U Kanada Qirollik sanʼat akademiyasiga qabul qilingan birinchi fotograf va Kanada merosi fotosuratlari jamgʻarmasining asoschisi hisoblanadi. Kanadaning besh, oʻn, ellik dollarlik banknotlarini uning fotosuratlari bilan bezatilgan. Uning Torontodagi Pearson xalqaro aeroportidagi fotosuratlaridan biri Voyager 2 kosmik probining vaqt kapsulasi sifatida taqdirlangan. 2001-yilda Kanada Fotograflar va Illyustratorlar Assotsiatsiyasi unga umrbod muvaffaqiyat mukofotini bergan

Ommaviy toʻplamlar



Rooms provinsial sanʼat galereyasi, Yangi Shotlandiya sanʼat galereyasi, Sherman Xayns fotosuratlar muzeyi, Nyu-Brunsvik muzeyi, Konfederatsiya markazi sanʼat galereyasi, Kanada arxitektura markazi, Makkord muzeyi, Monreal tasviriy sanʼat muzeyi, Monreal tarixiy markazi, Kanada tsivilizatsiya muzeyi, Shimoliy Shor mintaqaviy muzeyi, Kanada zamonaviy fotosuratlar muzeyi, Kanada kutubxonasi va arxivlari, Kanada portret galereyasi, Ontario sanʼat galereyasi, Robarts kutubxonasi (Toronto universiteti), Mississauga sanʼat galereyasi, Manitoba muzeyi (HBC toʻplami), Vinnipeg sanʼat galereyasi, Moose Jaw Muzey va sanʼat galereyasi, Uyet tosh muzeyi, Atlas koʻmir konlari milliy tarixiy bogʻi, Vankuver sanʼat galereyasi, Buyuk Viktoriya sanʼat galereyasi, Britaniya Kolumbiyasi qirollik muzeyi, dengiz merosi markazi, NWT kon merosi jamiyati, Uels shahzodasi Shimoliy meros markazi, MacBride Muzey, Barbados muzeyi va tarixiy jamiyati, ishchilar sanʼati va merosi markazi kabi koʻrgazma va muzeylarda uning fotosuratlaridan tashkil topgan toʻplamlari mavjud.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz