Jorj Mostou
George Mostow (talaffuzi: Jorj Mostou) (4-iyul 1923-yil – 4-aprel 2013-yil) — amerikalik matematik. Lie teoriyasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 2013-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
Mostow 1948-yil Harvard universitetidan PhD darajasini olgan. 1949–1952-yillarda Syracuse, 1952–1951-yillarda Johns Hopkins, 1961-yildan 1999-yil nafaqaga chiqqunicha Yale universitetlarida hamda ishlagan. Shuningek, olim AQSh Milliy fanlar akademiyasi aʼzosi, Amerika matematika jamiyati prezidenti (1987–1988) hamda Perspektiv tadqiqotlar instituti kengashi aʼzosi ham boʻlgan.
Mostow Lie guruhlaridagi toʻrlar uchun aniqlagan qattiqlik Mostow qattiqligi oʻlaroq maʼlum, Uning ishlari uch Fields medali sovrindorlari, jumladan, Grigori Margulis, William Thurston hamda Grigoriy Perelman ishlariga taʼsir koʻrsatgan.
uz.wikipedia.org