Jorj Kluni: "Beysbolchi" yigitning shuhrati
1961 yil 6 mayda Kentukki shatatining Leksington shaharchasida dunyoga kelgan. Klunining yoshlikdagi orzusi professional beysbolchi bo‘lish edi. Biroq bu orzu Shinsinatti Reds bilan uchrashuvdan so‘ng boqiy sarobga aylandi. 1994 yilda Jorj otasi Nik va ammasi qo‘shiqchi - aktrisa Rozemari Klunining yordami bilan aktyorlik qilishni boshladi. Uning dastlabki ijodi mahalliy televidenieda ikkinchi darajali rollarni ijro etish bilan boshlangan.Jorj Klunining televideniedagi qobiliyatli ijrolari Uorner Brozers korporatsiyasi prodyusserlari e’tiborini jalb qildi va uni "Hayot dalillari", "Rozanna" va "Opa-singillar" kabi kinoseriallarda suratga tushishga taklif qilishdi. Uning eng ko‘zga ko‘rinarli rollari sifatida Mark Valberg bilan suratga tushgan "Okeanning o‘n biri"(Ocean's Eleven) filmini keltirish mumkin. Bu film 1960-yillarning eng mashhur kinoasarlaridan bo‘lib, u yangi asr boshida qayta suratga tushirildi. Filmning tomoshabinlar tomonidan iliq qarshi olinishi rejissyorga uning ikkinchi ko‘rinishi "Okeanning o‘n ikkisi" (Ocean s Twelve)ni suratga tushirishga turtki bo‘ldi. Bu filmda ham Jorj Kluni Bred Pitt va Met Deymonlar bilan birga bosh rollardan birini ijro etdi. Ayni paytda mashhur kinolar sirasiga kiruvchi 50-yillarning TV jurnalisti Eduard R. Marrou hayoti lavhalarini aks ettirgan "Xayrli tun va omad yor bo‘lsin" (Good Night and Good Luck) filmiga Jorj Kluni stsenariy tayyorladi va bosh rolni ijro etdi. Xuddi shu film eng yaxshi rejissyor va eng yaxshi kinoasar nominatsiyalari bo‘yicha bu yilgi «Oskar» nomzodlari qatoridan o‘rin egalladi."2006 yil Oltin Klubi " (2006 Golden Globe Awards) va "Akademiya Mukofoti" (Academy Awards) bu yilgi mavsumda eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor nominatsiyasi bo‘yicha Kluniga sovrinlar keltirgan "Suriyalik" siyosiy trilleriga ham uning o‘zi prodyuserlik qilgan.
Uzpedia.uz