Joriyayi Habashiya
Joriyayi Habashiya — "Nasoyim ul-muhabbat"da tilga olingan orifa ayol. Ismi nomaʼlum. Shayx Addiy va Shayx Abdulqodir Giloniy bilan haj safarida birga boʻlgan. („Joriyayi Habashiya“ — arab tilida „habash kanizak“, „qora choʻri maʼnosini bildiradi“) Ushbu safar tafsiloti „Qaloyid ul-javohir“ kitobida keltirilgan boʻlib, „Nafahot ul-uns“ va „Nasoyim ul-muhabbat“dagi matn bilan bir xil.
Alisher Navoiy „Nasoyim ul-muhabbat“ga "Nafahot ul-uns"dan ushbu orifa ayol haqidagi bobni aynan kiritgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org