Joris Mathijsen




Joris Matijsen (talaffuzi: Yoris Mateysen; 1980-yil 5-aprelda tugʻilgan) — gollandiyalik sobiq professional futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan. Willem II futbol direktori.

Klublardagi faoliyati



Mathijsen futbolchilik faoliyatini Goirledagi SV VOABda boshlagan. Toʻqqiz yoshida Willem IIning yosh toifadagi jamoasiga qoʻshilgan. 1998—1999-yilgi mavsumda asosiy jamoaga oʻtdi. 1999-yil 27-fevralda FC Utrechtga qarshi oʻyinda debyut qildi. Willem IIda olti mavsum oʻtkazgandan soʻng, AZga oʻtdi. AZ safida 2 mavsum oʻynaganidan soʻng 2006-yilda Germaniyaning Bundesligasi vakili Hamburger SV ga 6 mln yevro evaziga shartnoma imzoladi. 2007-yil 20-oktyabrda VfB Stuttgartga qarshi o‘yinda Hamburgning Bundesligadagi 2500-golini (klubdagi birinchi golini) kiritdi.

2008-yilning noyabrida Hamburg shartnomasin uzaytirdi. 2011-yilning iyun oyi oʻrtalarida esa Ispaniya La Ligasi vakili Málagaga 2 yilga oʻtdi.

2012-yil 10-avgust kuni Matijsen Feyenoord bilan shartnoma imzoladi.

Xalqaro faoliyati




2004-yil 17-noyabrda Mathiysen Gollandiya terma jamoasi safida Andorraga qarshi oʻyinda (3:0) debyut qilgan.

Avstriya va Shveysariyadagi UEFA Yevro-2008 uchun Gollandiya terma jamoasiga chaqirilgan. Dastlab Wilfred Bouma Mathijsenning oʻrnini egallash xavfi bor edi. Ammo Yevro-2008da munosib oʻyin koʻrsatdi va jamoaning asosiy himoyachisi boʻldi.

Matijsen 2010-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida terma jamoasi safida boʻlgan. Gollandiya terma jamoasining boshqa oʻyinchilaridan koʻra koʻproq maydonda harakat qildi va saralash guruhida kam gol oʻtkazib yuborishda muhim rol oʻynadi. 

2010-yilgi jahon chempionatida Bert van Marwijk Mathijsenni Gollandiya terma jamoasi tarkibiga kiritdi. Musobaqadagi birinchi oʻyinida terma jamoasi Daniya ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Faoliyat statistikasi




Xalqaro




Ballar va natijalar birinchi boʻlib Gollandiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni Matijsenning har bir golidan keyin hisobni koʻrsatadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz