Jori Lehterä
Jori Jonatan Lehterä (talaffuzi: Jori Jonatan Lextera) (1987-yil 23-dekabrda tugʻilgan) — finlandiyalik professional xokkeychi. Jori Lehterä hozirda Liiga vakili „Tappara“ xokkey jamoasida oʻynaydi. Jori Lehterä 2014-yilgi qishki Olimpiada oʻyinlarida Finlandiya milliy xokkey terma jamoasi bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Oʻyin faoliyati
Jori Lehterä „Jokerit“ xokkey klubining oʻsmirlar jamoasida tarbiyalangan. U 2006-yilning kuzida jamoaning SM-liiga roʻyxatidan joy olgan. Jori Lehterä 2006-yilda Shvetsiyada boʻlib oʻtgan 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Finlandiya milliy xokkey terma jamoasi vakili sifatida tanlandi. Ammo Jori Lehterä ushbu musobaqada jarohati tufayli oʻynay olmadi. Shundan soʻ[ng, Jori Lehterä 2007-yilning aprel oyida „Tappara“ xokkey klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
Jori Lehterä „St. Louis Blues“ xokkey klubi safiga 2008-yilgi NHL kirish loyihasida uchinchi raundda, umumiy 65-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Jori Lehterä 2008—2009-yilgi mavsumda „St. Louis Blues“ xokkey klubining Amerika xokkey ligasi (AHL) boʻlimi boʻlgan „Peoria Rivermen“ xokkey jamoasida oʻynash uchun Shimoliy Amerikaga koʻchib oʻtdi. Biroq, Jori Lehterä „Peoria Riverman“ xokkey klubi tarkibida atigi yettita o‘yin o‘tkazib, Finlandiyadagi „Tappara“ xokkey klubi safiga qaytib keldi. Oʻsha mavsumda Jori Lehterä SM-liiganing eng qimmat o‘yinchisi (MVP) deb topildi.
Shundan soʻng, Jori Lehterä Kontinental xokkey ligasi vakili (KHL) Yaroslavlning „Lokomotiv Yaroslavl“ xokkey jamoasida bir mavsum oʻynadi. Keyin, Jori Lehterä 2011-2014 -yillar oraligʻida KHL jamoasi "HC Sibir Novosibirsk" xokkey klubida oʻzining faoliyatini davom ettirdi. 2014-yil Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan qishki Olimpiada oʻyinlarida Finlandiya milliy xokkey terma jamoasi safida oʻynadi. Musobaqada jamoa bronza medali sohibi boʻldi.
2014-yilning 1-iyulida Jori Lehterä „St. Louis Blues“ xokkey klubi bilan ikki yillik 5,5 million dollarlik shartnoma imzoladi.
Shaxsiy hayoti
Jori Lehteräning amakisi Tero Lehterä Finlandiya milliy xokkey terma jamoasi safida 1995 -yilgi xokkey boʻyicha jahon chempionati oltin medali sohibi boʻlgan.
2018-yil sentyabrida Finlandiya politsiyasi Jori Lehteräning uyida reyd o‘tkazdi va uning uyidan kokain musodara qilindi. Jori Lehterä oʻsha paytda uyda boʻlmagan, ammo politsiya uni kokain tarqatuvchi shaxs deb gumon qiladi. 2019-yil 1-yanvarda politsiya Jori Lehterä koakainni faqat sotib olganligi va uni tarqatishga aloqasi yoʻqligi haqida bayonot berdi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
Xalqaro
Manbalar
uz.wikipedia.org