Jorge Sampaio




SAMPAYYU (Sampaio) Jorje (1939.18.9, Lissabon) — Portugaliya davlat arbobi. Lissabon universitetining yuridik fakultetini tugatgan (1961). Portugaliya akademiyalararo uyushmasi kengashi bosh kotibi (1961—62), 1962—69 yillarda Lissabonda advokatlik bilan shugʻullangan. Soʻl sotsialistik kuchlar harakati asoschisi (1974), Portugaliya muvaqqat hukumatining davlat kotibi (1975—78), Yevropa Kengashida inson xuquqlari boʻyicha Yevropa komissiyasi aʼzosi (1979—84), Sotsialistik partiyada xalqaro munosabatlar uchun masʼul (1986—87), Parlamentda Sotsialistik partiya guruhining raisi (1987—88), Sotsialistik partiya bosh kotibi (1989—91), Lissabon sh. meri (1989— 95), 1996 y. Nyanv.dan Portugaliya Respublikasi prezidenti. 1979—95 yillarda Portugaliya parlamenti deputati.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz