Jordy Clasie
Jordy Clasie (nemischa talaffuzi: [ˈjɔrdi ˈklaːsi], Yordi Klasi; 1991-yil 27-iyunda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi. U Eredivisie klubi AZ Alkmaar va Gollandiya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Dastlabki faoliyati
Clasie 2000-yilning yozida 9 yoshida Feyenoord (Varkenoord) yoshlar akademiyasiga kelgan va Feyenoord/Excelsiorning 19 yoshgacha boʻlganlar jamoasi safiga koʻtarilgan. U 2010-yilning yozida Excelsior klubiga ijaraga berildi.
Clasie 2010-yilning 15-avgustida Rotterdam derbisida Feyenoordga qarshi oʻyinda (3:2) asosiy tarkibda ishtirok etgan va Excelsiorda professional debyut qilgan.
Feyenoord
Clasie 2011—2012-yilgi mavsum boshida Feyenoordning asosiy tarkibiga kiritildi va yangi bosh murabbiy Ronald Koeman darhol yosh yigitga asosiy tarkibdan joy berdi. 2011-yilning 31-iyulida u Feyenoord safida Malagaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi. Yaxshi oʻyini va matonati tufayli Clasie tez orada muxlislar orasida eng mashhur futbolchilardan biriga aylandi.
2014-yilning 29-avgustida, Clasie Feyenoordga UEFA Yevropa ligasining guruh bosqichiga yoʻllanma olishiga yordam berganidan bir kun oʻtib, shartnomasini 2018-yilgacha uzaytirishga rozi boʻldi. Clasie bu qarorga kelishiga sabab sifatida oʻzini jamoada oʻyinchi sifatida rivojlantirish, shuningdek, butun jamoa bilan birga rivojlanishni xohlashini keltiradi.
Southampton
Biroq 2015-yilning 15-iyulida Clasie Southampton bilan 8 million funt sterling evaziga besh yillik shartnoma imzoladi. Bu uni yana bir bor Feyenoordning asosiy jamoasiga olib kelgan Ronald Koeman bilan birga boʻlishini anglatardi.
2016-yilning yozida fransiyalik Claude Puel Southampton boshqaruvini qoʻlga oldi. Keyin Clasie klub uchun birinchi golini 2016-yilning 30-noyabrida EFL kubogida Arsenal ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda kiritdi. Clasiening futbolchilik qobiliyati Southamptonning 2017-yilgi Liga kubogi finaliga chiqishida muhim rol oʻynadi, u yerda Saints oxir-oqibat ikkinchi oʻringa chiqdi.
Clasie Premyer ligadagi ilk golini 2017-yilning 8-aprelida West Bromwich Albionga qarshi oʻyinda (1:0) kiritdi.
Brugge klubi
2017-yilning 30-avgustida Clasie 2017—2018-yilgi mavsum davomida oʻynash uchun Bryugge klubiga ijara asosida qoʻshildi.
Feyenoord
2018-yilning 25-iyulida yarim himoyachi 2018—2019-yilgi mavsum davomida oʻynash uchun ijara asosida Feyenoord klubiga qaytdi.
AZ Alkmaar
2019-yil 22-iyulda Clasie AZ Alkmaar klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi va Southamptondan tekin transferni amalga oshirdi.
Xalqaro faoliyati
2010-yilning noyabrida, Excelsior uchun debyutidan ikki oy oʻtgach, Clasie Niderlandiyaning 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasiga qoʻshildi. 2012-yilning fevral oyida Gollandiyaning birinchi jamoasi murabbiyi Bert van Marwjik Clasiega qiziqish bildirgan edi. Unga uning ismi Euro 2012 uchun zaxira roʻyxatida ekanligi maʼlum qilindi.
Clasie Louis van Gaalning 2014-yilda Braziliyada boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha Jahon chempionatida ishtirok etgan 23 nafar futbolchisi tarkibida boʻlgan, u yerda gollandlar amaldagi chempion Ispaniya va mezbon Braziliyani magʻlub etib, uchinchi oʻrinni egallagan. Clasie turnirda ikkita oʻyin oʻtkazdi, Argentinaga qarshi yarim finalda Nigel de Jongning oʻrniga maydonga tushdi va uchinchi oʻrin uchun oʻyinda mezbonlarga qarshi ishtirok etdi, gollandlar 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Oʻyin uslubi
Maqsadga intiladigan jangovar yarim himoyachi sifatidagi Clasiening oʻyin uslubi unga „Gollandiyalik Xavi“ nomini taqdim etdi.
Faoliyat statistikasi
Klub
2022-yil 29-may holatiga ko'ra[20]:
Xalqaro
2016-yil 9-noyabr holatiga ko'ra[33]:
Yutuqlari
Feyenoord Southampton Brugge klubi Niderlandiya Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org