Jordi Codina
Jordi Codina Rodriguez (talaffuzi: Xordi Kodina Rodriges) (1982-yil 27-aprelda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi. Jordi Rodriguez faoliyati davomida darvozabon sifatida oʻynagan.
Klublardagi oʻyin faoliyati
Kataloniyaning Barselona shahrida tugʻilgan Jordi Rodriguez „Real Madrid“ klubiga 2002-yilda 20 yoshida qoʻshilgan. Bu vaqtgacha Jodi Codina mahalliy „Espanyol“ RCD yoshlar tizimida tarbiyalangan.Jodi Codina professional foliyatidagi debyut oʻyinini ikkinchi divizionda 2005—2006-yilgi mavsumda „Sporting de Gijón“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.
2007—2008-yilgi mavsum boshida Jodi Codina „Real Madrid“ klubining asosiy tarkibiga Iker Casillas va Jerzy Dudekdan keyin uchinchi oʻrindagi darvozabon sifatida koʻtarildi. Jodi Codina 2008-yilning 18-mayida „Levante UD“ klubiga qarshi „Real Madrid“ klubi oʻz uyida 5:2 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda toʻliq 90 daqiqa oʻynab, klub safidagi ilk va yagona rasmiy oʻyinini oʻtkazdi.
2009-yil 2-iyulda Jodi Codina Madriddagi La Liga jamoasi „Getafe“ klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Oʻzining debyut mavsumida va keyingi mavsumda Jodi Codina doimo argentinalik Oskar Ustari bilan birinchi raqamli darvozabon maqomi uchun kurashdi.
Jodi Codina 2015-yil iyun oyida shartnoma muddati tuganidan soʻng klub bilan xayrlashdi. Shundan soʻng, Jodi Codina Kiprning „APOEL“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 2016-yilning 7-yanvarida, birorta ham raqobatbardosh oʻyinlarda qatnasha olmaganidan soʻng, Jodi Codina birinchi diviziondagi „Pafos FC“ klubi tarkibiga olti oylik ijara asosida qoʻshildi.
2016-yilning 16-iyulida Jodi Codina oʻzaro kelishuv asosida „APOEL“ klubi bilan aloqalarini uzdi. Koʻp oʻtmay, Jodi Codina „CF Reus Deportiu“ klubi bilan bir yillik shartnomaga rozi boʻlgach, Ispaniyaga qaytib keldi.
Keyinchalik, Jodi Codina oʻz mamlakatining quyi ligalarida, „CF Fuenlabrada“ klubi va „CD Móstoles URJC“ klublari bilan faoliyatini davom ettirdi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org