Jordi Amat




Jordi Amat Maas (talaffuzi: Xordi Amat Mass) (1992-yil 21-martda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, Malayziya Superligasining Johor Darul Taʼzim klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Jordi faoliyatining eng yaxshi qismini „Espanyol“ va „Swansea City“da oʻtkazgan, shuningdek, La Ligada „Rayo Valyekano“ (ikki marta) va „Betis“ sharafini himoya qilgan.

Amat Ispaniya terma jamoasida yoshlar darajasida oʻynagan.

Klubdagi faoliyati



Espanyol



Kataloniya, Barselona, Kanet de Mar shahrida tugʻilgan Amat atigi yetti yoshida " Espanyol "ning yoshlar jamosiga qoʻshilgan. U Segunda B divizionida B jamoasi tarkibida maydonga tusha boshlagan.

2010-yil 24-yanvarda, 18 yoshga toʻlishiga ikki oy qolganda, Amat klub bilan La Ligadagi ilk oʻyinini oʻtkazgan va oʻz maydonida RCD Mallorcaga qarshi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan oʻyinida zaxiradan maydonga tushgan. U oʻzining birinchi mavsumini 26 oʻyin (barcha musobaqalarda 28) bilan yakunlagan.

Amat 2012/2013-yilgi mavsumda „Rayo Valyekano“ jamoasiga ijaraga berilgan. U 2013-yilning 24-fevralida Madrid jamoasi safidagi ilk golini „Real Valyadolid“ga qarshi oʻyinda kiritgan.

Swansea City



2013-yil 27-iyunda Premer-liganing „Swansea City“ klubi Amatni 2,5 million funt sterlingga transfer qilganini eʼlon qilgan va futbolchi bilan toʻrt yillik shartnoma imozlgan. Amat 1-avgust kuni oʻzining rasmiy debyutini UEFA Yevropa Ligasi uchinchi saralash bosqichining birinchi oʻyinida „Malmyo“ FFga qarshi oʻtkazgan.

Rayo Vallecanoga qaytish



2018-yilning 9-avgustida Amat nomaʼlum toʻlov evaziga „Rayo Valekano“ga qaytgan. U oʻn kun oʻtib „Sevilya“ ga qarshi oʻyin oʻtkazgan.

2019-yilning 1-avgustida, „Rayo“ quyi ligaga tushib ketganidan soʻng, Amat Belgiya birinchi divizioni vakili „KAS Eupen“ klubiga ijara asosida qoʻshilgan.

Johor Darul Taʼzim



2022-yil 29-iyun kuni Amat Malayziya Superligasining Johor Darul Taʼzim FC jamoasiga qoʻshilgan. U 19-avgust kuni Osiyo Chempionlar Ligasi 1/8 finalida " Urawa Red Diamonds "ga qarshi oʻyinda (5:0) debyut qilgan.

Xalqaro faoliyati



Amat 2009-yilda 17 yoshgacha boʻlgan ispaniya terma jamoasi safida oʻzining debyutini oʻtkazgan. Shuningdek, 18 yoshgacha, 19 yoshgacha, 20 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan toifalarda ham terma jamoa safida maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi




Yutuqlari



Johor Darul Taʼzim

Ispaniya U17

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz