Jordan Peterson




Jordan Bernt Peterson (ing Jordan Bernt Peterson - 1962-yil 12-iyunda tug'ilgan) - Kanadalik psixolog, muallif, YouTube ma'ruzalari bilan shuhrat qozongan. Uning keng jamoatchilik nazariga tushishi 2016-yilga to'g'ri kelib, mazkur yilda u Kanadada fuqarolarni transgender shaxslar uchun alohida kishilik olmoshlari ishlatishga majburlovchi huquqiy hujjat loyihasiga (Bill C-16) qarshi chiqqan.

Bugungi kungacha Pitersonning 3 ta kitobi nashr qilingan bo'lib, ularning birinchisi - "Ma'no xaritalari: E'tiqod arxitekturasi" (Maps of Meaning: Architecture of Belief) 1999-yilda yozilgan bo'lib, muallifning aytishicha, u mazkur kitob ustida 15 yil davomida, ba'zi uzilishlarni hisobga olmaganda, kuniga 3 soatdan ishlagan. Keyingi ikki kitobi "Hayot uchun 12 qoida: Xaosga qarshi vosita" (12 Rules for Life: An Antidote to Chaos) 2017-yilda chop etilgan va "Hayot uchun yana 12 qoida: Tartib ortida" (12 More Rules for Life: Beyond Order) 2021-yilda chop etilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz