Jordan Morris




Jordn Perry Morris (talaffuzi: Jordan Perri Morris; 1994-yil 26-oktabrda AQShning Vashington shtatida tugʻilgan) — amerikalik futbolchi, MLSning „Seattle Sounders“ futbol klubi va AQSH terma jamoasi hujumchisi.

Biografiyasi



11 yoshdan 17 yoshgacha Jordan Morris „Eastside“ yoshlar jamoasi safida shugʻullangan. Oʻrta maktabga oʻqishga kirganidan soʻng, u „Seattle Sounders“ futbol klubi akademiyasiga qoʻshilgan.

2013-yilda Jordan Morris Stanford universitetiga oʻqishga kirgan va universitetning futbol jamoasida oʻynay boshlagan. Universitet jamoasi bilan bor-yo‘g‘i uch yil ichida 54 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urgan. Jumladan, 2015-yilgi kollejlar oʻrtasidagi chempionatning finalida Clemson universiteti futbol jamoasiga qarshi o‘yinda ikkita gol urib, Stanfordga yakunda chempion bo‘lishiga yordam bergan. Oʻsha mavsum oxirida Jordan Morris AQShning kollej futbolidagi eng yaxshi oʻyinchilarga beriladigan Hermann kubogi bilan taqdirlangan.

2016-yil yanvar oyi boshida Jordan Morris professional futbolchi sifatida faoliyatini davom ettirish uchun universitetni tark etishini eʼlon qilgan. Oʻsha oyda Jordan Morris Germaniyaning „Werder Bremen“ jamoasida sinovdan oʻtgan va hatto „Werder Bremen“ futbol klubi tarkibida Bokuning „Inter“ jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushgan.

Xalqaro faoliyati



2013-yil may oyida Jordan Morris AQSh yoshlar terma jamoasi tarkibida Tulon turnirida ishtirok etgan va u yerda uchta oʻyinda ishtirok etgan.

Jordan Morris 2014-yilning avgust oyida birinchi marta AQSh milliy terma jamoasiga Chexiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyiniga chaqirilgan. Biroq 3-sentabrda boʻlib oʻtgan o‘yinda u zaxirada qolgan. U 2014-yilning 18-noyabr kuni Irlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida AQSh terma jamoasi safida debyut qilgan. U 2015-yilning 15-aprelida o‘rtoqlik o‘yinida Meksika terma jamoasi darvozasini ishg‘ol qilib, terma jamoadagi ilk golini kiritgan. U AQSh terma jamoasida turnirdagi oltita oʻyinning barchasida maydonga tushgan yagona futbolchiga aylangan. Morris 2019-yilgi CONCACAF oltin kubogi uchun AQSh terma jamoasiga kiritilgan.

Statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz