Joʻrayevlar




Joʻrayevlar — samarkandlik akauka toshtarosh ustalar: 1) Jalil Joʻrayev (1892—1977) toshtaroshlikni togʻasi Abdurayim Obidovdan oʻrgangan. Oʻrta Osiyo davlat universiteti (ishchilar fakulteti)da taʼlim olgan (1923—25). Samarqanddagi "Marmar" (1927—35), "Gornyak" (1936—43) artellarida ishlagan; 2) Bolta Jurayev (1893-1973) meʼmorlikni otasi usta Joʻradan oʻrgangan. "Marmar" (1929—35), "Gornyak" (1937—43) artellarida ishlagan. J. Samarkand, Toshkentda koʻpgina bi-nolarni bezashda qatnashgan: Toshkent temir yoʻl vokzalining eski binosi, Toshkent kuranti, Oʻzbekiston FA Prezidiumi binosi, hozirgi "Bahor" konsert zali; Navoiy teatri binosining marmar zinalari bezagi uchun Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (1948). Asarlaridan namunalar respublika muzeylarida saqlanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz