Joʻrayev Yursinboy




Yursinboy Joʻrayev (1944.10.4, Oltiariq tumani) — usta paxtakor, Oʻzbekiston Kahramoni (2000). Mehnat faoliyatini Oltiariq tumanidagi B. Otaqulov nomli jamoa xujaligi aʼzoligidan boshlagan (1960—64). Shu jamoa xoʻjaligida hisobchi (1964-70), brigada boshligʻi (1970-71), 1991 yildan bosh pudratchi. J. rahbarlik qilgan brigada uzok, yillar davomida paxtachilik va donchilikda dehqonchilikni ilmiy asosda olib borib muttasil yuqori koʻrsatkichlarga erishdi. 1999 yilda paxtadan 54 s/ga; 2000 yilda gʻalladan 60 s/ga hosil olishga erishdi. Mehnat faoliyati davomida koʻplab shogirdlar tarbiyaladi, respublikada qishloq xoʻjaligi sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz