Jo'rayev Xayrulla Ravshanovich




Joʻrayev Xayrulla Ravshanovich (1945.20.1, Zomin tumani) — kinorejissyor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1970). Oʻzbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida rej., muharrir, bosh muharrir (1976—87). "Videofilm" markazining direktori (1988— 89). Prezident devonida masʼul xodim (1990—92), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasining raisi (1992—93), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (1993-96), 1996-yil 1 noyabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri. Qisqa metrajli: "Ahmatovlar oilasi", "Abdumannon Umarov", "Abdulla Qodiriy", "Hamid Olimjon" va b.; toʻla metrajli: "Fuqaro", "Barcha fazilatlar senda mujassam", "Afgʻoniston, 85-yil kuzi", "Ikki million tanish chehra" (M. Qayumov bilan hamkorlikda) va b. filmlar yaratgan. "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (2000).

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz