Joʻrayev Mengniyor Sattorovich




Mengniyor Sattorovich Joʻrayev (1942.15.1, Jarqoʻrgʻon tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Samarqand Davlat Universitetini tugatgan (1966). 1966-yildan Jarqoʻrgʻon tumanidagi 47-maktabda biol. oʻqituvchisi, 1967-yildan Qumqoʻrgʻon tumanidagi 13-maktabda direktor oʻrinbosari, 2000-yildan kimyo-biol. oʻqituvchisi. J. darslarni hozirgi davr talabi asosida tashkil etadi, taʼlim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qoʻllaydi, koʻrgazmali qurollar va oʻquv texnika vositalaridan unumli foydalanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz