Joʻraqulov Umarqul




Umarqul Joʻraqulov (1894 — Samarkand — 1973.22.3) — kulol, Oʻzbekiston xalq rassomi (1953). Otasi usta Joʻraqul Qobulovdan hunar oʻrgangan. Sopol idishlar, badiiy buyumlar tayyorlash bilan shugʻullangan. Samarqand hunarmandchilik sanoat texnikumida dars bergan (1930—32). Boʻrtma naqshlari boʻyab bezatilgan lagan, tovoq, kosa kabi idishlar (oʻrdak, lagan, shokosa, koʻza va b.), oʻyinchoq (xushtak)lar ishlab, kulollikning Samarqandgagina xos uslubi (kulollik maktabi)ni yaratgan. J. ishlagan badiiy buyumlar respublika va chet mam-lakatlar muzeylarida saqlanadi. Koʻplab shogirdlar tayyorlagan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz