JO’RAQULOV UMARQUL (1894 — Samarqand — 1973.22.3) — kulol, O’zbekiston xalq rassomi (1953). Otasi usta Jo’raqul Qobulovdan hunar o’rgangan. Sopol idishlar, badiiy buyumlar tayyorlash bilan shug’ullangan. Samarqand hunarmandchilik sanoat texnikumida dars bergan (1930-32). Bo’rtma naqshlari bo’yab bezatilgan lagan, tovoq, kosa kabi idishlar (o’rdak, lagan, shokosa, ko’za va boshqalar), o’yinchoq (xushtak)lar ishlab, kulollikning Samarqandgagina xos uslubi (kulollik maktabi)ni yaratgan. Jo’raqulov ishlagan badiiy buyumlar Respublika va chet mamlakatlar muzeylarida saqlanadi. Ko’plab shogirdlar tayyorlagan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish