Joʻrabek Mirzamahmudov
Mirzamahmudov Joʻrabek Tursunpoʻlatovich (oʻzbekcha: Мирзамаҳмудов Жўрабек Турсунпулатович) — 2022-yildan hozirga qadar O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri, 2020-2022-yillarda — Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori.
Biografiyasi
1997-1999 — Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti talabasi.
1999-2001 — „Umid“ fondi yoʻllanmasi boʻyicha AQShning Alabama universiteti talabasi.
2002-2003 — Buxoro neftni qayta ishlash zavodi muhandisi.
2003-2006 — „Oʻzlitineftgaz“ OAJ neft va gazni qayta ishlash texnologik-kompleksi boʻlimida muhandis, neft va gazni qayta ishlash va transportni gazga tayyorlash boʻlimi ilmiy-texnik kompleksi muhandisi, kichik ilmiy xodim, TEO va istiqbolli loyihalash boʻlimi
1-toifali muhandisi, yetakchi muhandisi.
2006-2012 — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, investitsiyalar dasturi va resurslarni prognozlashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari — „Neftegazinvest“ korxonasi direktori.
2012-2014 — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining oʻrinbosari.
2014-2017 — „Oʻzkimyosanoat“ davlat kompaniyasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari, istiqbolli rivojlanish va investitsiyalar boʻyicha boshqaruv raisining oʻrinbosari.
2017-2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot tahlil departamenti mudiri
2018-2019 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi „Oʻzatom“ agentligi bosh direktori.
2019-2022 — Oʻzbekiston Respublikasi Eneretika vazirining birinchi oʻrinbosari — „Oʻzatom“ agentligi bosh direktori.
2022-yildan — O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri
Havolalar
Manbalar
uz.wikipedia.org