Jo'ra qayroq avlodi




Joʻra qayroq avlodi - gʻijduvonlik xalq qoʻgʻirchoqbozlari: 1) Joʻra qayroq (1796—1898) — mash-hur xalq qoʻgʻirchoqbozi, raqqos (qayroq bilan raqsga tushgan, laqabi shundan), surnaychi, qoʻgʻirchoqbozlar toʻdasining raqbari; 2) Hamro (1818—1910) —"chodir jamol" xalq qoʻgʻirchoq teatrining taniqli ustasi, anʼanaviy "Kachal Polvonning sarguzashtlari" xalq komediyasini yaratgan; 3) Narzullo (1908—62) — xalq qoʻgʻirchoqbozi. Oʻz toʻpi bilan "Dangasa er va zarbdor xotin" komediyasini yaratgan; 4) Nasrullo Hamroyev (1936) — xalq qoʻgʻirchoqbozi. Xalq qoʻgʻirchoq teatrini hozirgi zamon talablari darajasida rivoj-lantirishga intiladi. 1966-yilda anʼanaviy syujetlar asosida yozilgan "Kachal Polvon uylanadi" (M. Xalil), "Laqma laycha" (H. Rahmat, T. Mahramov), "Quyonboyning tugʻilgan kuni" (B. Omonov) va b. pyesalar sahnalashtirildi.

Adabiyot




Muhsin Qodirov.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz