Jora Oganesyan




Jora Oganesyan (armancha: Ժորա Հովհաննիսյան, 1987-yil 16-aprelda tugʻilgan) — arman futbolchisi.

Klub karyerasi



Ovannisyan 2004 yilning iyulida Gretsiyaning „Olimpiakos“ jamoasiga oʻtishdan oldin „Pyunik“ jamoasida oʻynagan. 2008 yilning yanvarida u „Olimpiakos“ dan Gretsiyaning „Beta Ethniki“ klubi „Agios Dimitrios“ ga ijaraga oʻtdi. Ovannisyan 2008-yilning iyul oyida Doxa Kranoula jamoasiga kelib qoʻshildi va 2009 yil yanvar oyida Euboea mahalliy havaskorlar ligasida (1-divizion) ishtirok etuvchi AO Kymis jamoasiga oʻtdi. 2010-yilda Jora Rossiyaning hozirda tarqatib yuborilgan Saturn Moskva viloyati klubiga qoʻshildi. Koʻp oʻtmay, u otasi Xoren Ovannisyan murabbiylik qiladigan Toshkentning „Lokomotiv“ klubiga oʻtdi. Jora Oganesyan 2012-yilning eng yaxshi xorijlik futbolchisi deb topilgan edi. Keyinroq, yaʼni 2013-yilda Oʻzbekistonning eng muvaffaqiyatli klubi — Toshkentning „Paxtakor“ klubi bilan shartnoma imzoladi va unga 10-raqamli forma topshirildi. OChLning 2013-yilgi mavsumida „Paxtakor“ safiga kiritilgan. Oganesyan „Paxtakor“ safidagi ilk golini "Neftchi"ga qarshi oʻyinda (2:0) kiritdi.

Xalqaro karyerasi



Ovannisyan Armaniston U-19 o‘smirlar terma jamoasi va Armaniston U-21 yoshlar terma jamoasining sobiq aʼzosi. Bosh murabbiy Vardan Minasyanning soʻzlariga koʻra, u Armaniston terma jamoasiga chaqirilmagan, chunki terma jamoaning hujumkor yarim himoyasi kuchli. Minasyan uni doimo ularning eʼtiborida ushlab turishini va kelajakda terma jamoaga taklif qilinishi mumkinligini aytdi.

Shaxsiy hayoti



Joraning otasi — sobiq sovet futbolchisi Xoren Ovannisyan, Armanistonning „Pyunik“ jamoasi sobiq prezidenti va Armanistonning „Oltin futbolchisi“, UEFA yubiley mukofoti sovrindori.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz