Joʻra Gʻoyibov




Joʻra Yomgʻirovich Gʻoyibov (1942.16.12, Tojikiston Respublikasining Qoʻrgʻontepa viloyati) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (2003). Leninobod pedagogika institutini tugatgan (1970). 1970-yildan Qoʻrgʻontepa viloyatining Xoʻjamaston tumanidagi 7-maktabda ona tili va adabiyot oʻqituvchisi, 1978-yildan 26-maktabda direktor. 1983-yildan Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanidagi 4-maktabda ona tili va adabiyot oʻqituvchisi. "Qalb javohiri", "Men seni kuylayman", "Tallimarjon boychechagi", "Tuygular jilosi", "Armonli dunyo" sheʼriy toʻplamlari, "Oʻlib tirilgan odam" hikoyalar toʻplami muallifi.


uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz