Joʻra Abdullayev
Joʻra Abdullayevich Abdullayev (1927, Toshkent — 2020) — energetik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1989), texnika fanlari doktori (1973), professor (1982). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), Oʻrta Osiyo politexnika institutini bitirgan (1953). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Energetika va avtomatika institutida katta ilmiy xodim (1959 - 60), Oʻzbekiston energetika va avtomatika ilmiy tadqiqot institutida laboratoriya mudiri (1960—76), Toshkent elektrotexnika aloqa instituti rektori (1971 — 92), shu institutda maslahatchi (1996-yildan). Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri (1992 — 94). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti vazifasini bajaruvchi (1994 — 96). Asosiy ilmiy ishlari boshqarish tizimlarida axborotlarga tezkor ishlov berish va axborotlarni uzatish nazariyasi, koʻp boʻgʻinli tizimlarda xatolarni aniqlash va bartaraf kilish, koʻp boʻgʻinli elementlardagi raqamli qurilmalarning ishonchliligini ta’minlash, aloqada raqamli tizimlarni qoʻllash masalalariga bagʻishlangan. Kosmonavtikaga doir ishlari ham bor.
Manbalar
uz.wikipedia.org