Jons Inigo




JONS (Jones) Inigo (1573.15.7 -London — 1652.21.6) — ingliz meʼmori. Meʼmorlikni Italiya va Fransiyada (1596 va 1614-yillar oraligʻida) oʻrgangan. 1615—43-yillarda qirolga qarashli binolarning bosh nazoratchisi. J. oʻz qurilishlarida (Londondagi Uaytxoll saroy ansambli loyihasi, 1619—22; faqat "Banket" zali loyihasi yaratilgan. Grinvichdagi qirolicha villasi, 1616—35; Kentdagi Kobemxoll saroyining markaziy qismi, 1620 va b.) mujassamot yorqinligi va salobatli shakllarning oddiyligiga eʼtibor qilgan. Meʼmorlikda mumtoz mavzulardan keng foydalanishi va oʻziga xos ijodi bilan ingliz klassitsizmi yaratilishiga taʼsir etgan. Shuningdek, teatr rassomi sifatida ham faoliyat koʻrsatgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz