Jonni Dep




John Christopher Depp II (talaffuzi: Jon Kristofer Depp Ikkinchi; 1963-yil 9-iyunda tugʻilgan) amerikalik aktyor, kinorejissyor, musiqachi, ssenariynavis va kinoprodyuserdir. Oltin globus va Screen Actors Guild sohibi, Oscar va BAFTA nomzodi.

Deppning filmlari AQShda $3 milliard, dunyo boʻylab esa $8 milliarddan ortiq foyda keltirgan. Uning ishtirokidagi eng muvaffaqiyatli loyihalardan Karib dengizi qaroqchilari franshizasi ($3,7 milliarddan ortiq), Alisa moʻjizalar mamlakatida ($1 milliarddan ortiq), Charlie va shokolad fabrikasi ($474 million) va Turist ($278 million) filmlarini misol keltirish mumkin.



Biografiyasi



Johnny Depp 1963-yil 9-iyunda AQShning Owensboro (Kentucky) shahrida tugʻilgan. Uning otasi Katta John injener boʻlib, onasi esa ofitsiantka boʻlib ishlagan. Uning ikkita singlisi va bitta ukasi bor. Bolaligini birga kechirgan buvasining oʻlimi uning ruhiy holatiga yomon taʼsir qiladi. Floridaga koʻchish ham unga yaxshi taʼsir koʻrsatmaydi. 12 yoshida chekishni boshlaydi, keyinchalik narkotik qabul qila boshlaydi. Depp 15 yoshga toʻlganida ota-onasi ajrashadilar.

Aynan oʻsha paytlarda Depp musiqaga qiziqib qoladi. U musiqaga Owensboroda, buvasi bilan cherkovga borgan paytlari qiziqishni boshlagan edi. Floridada onasi unga gitara sovgʻa qiladi. Uni chalishni oʻzi oʻrganib oladi va Floridaning tungi klublarida chiqish qiladigan „The Kids“ guruhiga kiradi. 16 yoshligida esa Depp butun umrini musiqaga bagʻishlash maqsadida maktabni tashlaydi. Guruh yutuqlarning yoʻlini olib Los-Anjelesga koʻchadi. Hozirda Depp „P“ guruhida oʻynaydi. Yaqinda bu guruhning ochilish konserti boʻlib oʻtdi. Johnnyning yana bir qiziqishi bu rasm chizish. Oʻz guruhlarining albom muqovasi uchun oʻzi rasm chizgan. Bular bilan bir qatorda Depp adabiyotga qiziqadi. Uning sevimli avtorlaridan biri — Jack Kerouac. Uning ijodi oʻsmirlik chogʻida Deppning dunyoqarashiga katta taʼsir qilgan.

20 yoshligida oʻzidan 5 yosh katta Lori Anne Allison ga uylanadi. U Deppni Nicolas Cage bilan tanishtiradi. Shunday qilib uning aktyorlik hayoti boshlanadi. Birinchi filmi — A Nightmare on Elm Street (1984). Lekin musiqa baribir u uchun birinchi oʻrinda edi. Lekin afsuski musiqiy guruhlari tarqaladi. Keyinchalik Depp TV Shoularda chiqadigan boʻldi. Edward Scissorhands filmida Winona Ryder bilan tanishadi va nishonlanadilar.

1994-yil ingliz modeli Kate Moss bilan nishonlanadi. Deppning kino karyerasi borgan sari yuksalib borayotgan edi. 1998-yil Moss bilan ajrashadilar va Depp fransuz qoʻshiqchi va aktrisa Vanessa Paradis bilan tanishadi va Fransiyaga koʻchib keladi. Ularning Lily-Rose Melody (1999-yilda tugʻilgan) va Jack (2002-yilda tugʻilgan) ismli bolalari bor. 2012-yil iyun oyida Depp va Paradis ajralishganini eʼlon qildi.

2004-yili Karib dengizi qaroqchilari: Qora marvarid tavqi lanʼati (2003) filmidagi kapitan Jack Chittak roli uchun Oscarga nomzod boʻladi. Ikkinchi nomzodlikni Finding Neverland (2004) filmi orqali oladi.

Johnny Deppning Hollywood „Shon-shuhrat xiyoboni“da oʻz yulduzi bor. Ikki martta Oscar, 6 marta Oltin globus nomzodi boʻlgan boʻlsa-da, Deppga hech qachon bu sovrinlar berilmagan.

Vanessa Paradis bilan ajralishgandan keyin Depp aktrisa Amber Heard bilan uchrashishni boshlaydi. Depp Heard bilan The Rum Diary (2011) filmida birga suratga tushgan. Depp va Heard 2015-yil 3-fevralda turmush qurishdi. Heard 2016-yil 23-may kuni ajrashish uchun ariza berdi va Depp bilan munosabatlarida „hal qilib boʻlmas“ tushunmovchiliklar yuzaga kelgani va Deppdan aliment talab qilishi haqida bildirdi.

Filmografiyasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz