Jonibek Subhon (1944-2008)
Jonibek Subhon (Jonibek Suvonqulov) 1944 yil 9 iyunda Jizzax viloyatining Zomin tumanida tug‘ilgan. Samarqand Davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. «Sirdaryo haqiqati» gazetasida (1970—1980), O‘zTAGning (hozirgi «O‘zA») Sirdaryo viloyati bo‘yicha o‘z muxbiri (1980—1984), Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limida adabiy maslahatchi (1984—1986), G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida (1986 yildan) ishlagan.
Birinchi she’riy to‘plami «Zangori ufqlar» 1978 yilda chop etilgan. «Qirralar» (1988), «Ota makon» (1991), «Tazarru onlari» (1993), «Silsila» (1994), «Ro‘yo» (1994) she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Shuningdek, u «Senga intilaman» (1987), «Katta hayot bo‘sag‘asida» (1987), «Zamon qo‘ng‘irog‘i» (1990) to‘plamlarining ham muallifi.
Jonibek Subhonning aruz vaznida yozilgan «Bezovta ruh» dostoni buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan.
«Pariqishloq» rivoyati, «Madyanlar fojeasi» dostoni, qator g‘azallari aruz vaznida yozilgan. Bolalarga atab yozilgan she’rlari, «Suva-raknoma» majoziy dostoni bor.
Uzpedia.uz