Joni Mahmud ibn Shayx Ali ibn Imomiddin al-G`ijduvoniy




Mahmud Gʻijduvoniy , Joni Mahmud ibn Shayx Ali ibn Imomiddin al-Gʻijduvoniy (16-asr) — buxorolik sayyoh, geograf va tarixchi olim. Yoshligidan ustozlari — Shayx Kamoliddin Husayn Xorazmiy va Shayx Hoji Muhammad al-Xabushoniy sayohatlarida qatnashgan, soʻngra Turon va Eron oraligʻida oʻzi sayohat qilgan. Bu sayohatlar natijasida "Miftoh uttolibin" ("Ilm toliblarining kaliti") asarini yozgan (1543). Asarda 16-asr boshlarida Buxoro, Samarqand, Xiva, Marv, Mashhad, Hirot, Niso shaharlari, oʻsha davrdagi tarixiy voqealar, urf-odatlar, yirik shaxslar va boshqa toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud. M. Gʻ. Xazar (Kaspiy) dengizining sharqidagi eng yirik port — Manqishloq bandargohiga ham tez-tez borib turgan. Bu portga Kavkaz va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan savdogarlar kelib turgan. M. Gʻ. asarini 19-asrda Oga-hiy fors tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Adabiyot




Manbalar





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz