Joni Kauko
Joni Ensio Kauko (1990-yil 12-iyulda tugʻilgan) — Finlandiyalik professional futbolchi, Hindiston Superligasining ATK Mohun Bagan klubi va Finlandiya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. 2008-yilda 17 yoshida „Inter Turku“dagi professional faoliyatini boshlagan.
2012-yilning yanvarida, 21 yoshida Finlandiya terma jamoasi safida debyut qilgan
Klublardagi faoliyati
Mahalliy „Inter Turku“ning mahsuli boʻlgan Kauko professional shartnomasini 2007-yilning 27-noyabrida 17 yoshida imzolagan. Veikkausliigadagi debyutini olti oydan soʻng 2008-yilning 26-iyunida IFK Mariehamnga qarshi oʻtkazdi. Turku klubidagi ilk mavsumida bor-yoʻgʻi sakkizta oʻyinda maydonga tushdi. Birinchi golini 2009-yilning 3-may kuni MYPA darvozasiga kiritdi. Besh mavsum davomida „Inter“ sharafini himoya qilganidan soʻng, shartnomasi 2012-yilgi mavsumdan keyin uzaytirilmadi va „Lahti“ klubi bilan bir mavsumga shartnoma imzoladi
Lahti bilan shartnoma imzolaganidan olti oy oʻtgach, Kauko Germaniya 2. Bundesliga vakili FSV Frankfurt bilan ikki yillik shartnoma imzolagani eʼlon qildi. Frankfurt FSV bilan shartnomasi tugagach, Kauko Germaniyaning 3. Liga vakili FC Energie Cottbus jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
2016-yilning iyul oyida Kauko Daniyaning Randers klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Ikki yil oʻtib, 2018-yil 28-iyunda Daniya Superligasining 2018—2019-yilgi mavsumi oldidan Esbjerg fB bilan shartnoma imzoladi.
Mohun Bagan AC
2021-yil 24-iyunda, Finlandiya Yevro-2020dan chiqib ketganidan koʻp oʻtmay, Kauko Hindiston Superligasi klubi ATK Mohun Bagan bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Bosh murabbiy Antonio López Kaukoni 2021-yilgi OFK kubogi mintaqalararo yarim finalida O‘zbekistonning „Nasaf“ jamoasiga qarshi o‘yin uchun yigirma ikki kishidan iborat tarkibga kiritdi, biroq jamoa 6:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi
Xalqaro faoliyati
Kauko 2009—2012-yillar davomida Finlandiya U21 terma jamoasining doimiy aʼzosi sifatida jami 23 ta oʻyinda maydonga tushgan, 3 ta golga mualliflik qilgan. Finlandiya U-21 terma jamoasi sardori sifatida ham oʻynagan.
2012-yilning 22 yanvarida Trinidad va Tobagoga qarshi oʻrtoqlik oʻyinda milliy terma jamoada debyut qilgan. 2018—2019-yilgi UEFA Millatlar ligasida toʻrtta oʻyin oʻtkazdi. 2018-yilning 15-noyabrida Gretsiyaga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Kauko 2021-yil 29-may kuni Yevro-2020 turniri oldidan Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yiniga chaqirildi.
Faoliyat statistikasi
Klub
24-may, 2022-yil holatiga koʻra[17]
Xalqaro
21-iyun, 2021-yil holatiga koʻra[18][19]
Yutuqlari
Klub
Inter Turku
FK Lahti
Manbalar
uz.wikipedia.org