Jonbos qalʼa makoni




Jonbos qalʼa makoni - Jonbos qalʼa jan.dagi past-tekislik va taqirliklarning chegarasi boʻylab joylashgan neolit davriga oid 18 makon (mil. av. 4—3 ming yillik). 1938— 40 va 1945-yillarda S. P. Tolstoye rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi oʻrgangan. Oʻtkazilgan ilmiy tadqiqotlar baliqchilik va ovchilik bilan shugʻullangan aholining hayoti haqida ma'lumot beradi.Makonda chaqmoqtoshdan yasalgan mehnat qurollari,sopol parchalari,hayvon va baliq suyaklari bilan birga chayla qoldig'i topilgan.J. q. m.da yashagan xalqlar yaratgan yodgorliklar tarixda Kaltaminor madaniyati deb yuritiladi.

Adabiyot




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz