Jonathan Steele
Jonathan Steele (talaffuzi: Jonatan Stil; 1986- yil 7-fevralda Shimoliy Irlandiyaning Larne shahrida tugʻilgan) — Shimoliy Irlandiyalik futbolchi, „Ramsgate“ futbol klubi va Shimoliy Irlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi.
Klublardagi faoliyati
Jonathan Steele Angliyaning „Wolverhampton Wanderers“ futbol akademiyasida tahsil olgan. 18 yoshida oʻqishni tugatgandan soʻng, Jonathan Steele Qoʻshma Shtatlarga joʻnab ketgan va shundan soʻng aslo oʻz vataniga qaytmagan.
2012-yil 1-martda Jonathan Steele „Real Salt Lake“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. U MLSdagi debyutini 18-mart kuni „New York Red Bulls“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan. 1-aprel kuni „Portland Timbers“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Jonathan Steele „Real Salt Lake“ futbol klubi safida birinchi golini urgan. Ammo 2012-yilgi mavsum oxirida „Real Salt Lake“ Jonathan Steele bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan.
2013-yil 20-fevralda Jonathan Steele „New York Red Bulls“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. 4-mart kuni Jonathan Steele „Portland Timbers“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan. 21- aprel kuni „New England Revolution“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda u yangi jamoasi safidagi birinchi golini urgan. 2014-yil 10-iyulda Jonathan Steele tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra „New York Red Bulls“ bilan shartnomasini bekor qilgan.
2015-yilning 8-yanvarida Jonathan Steele Shimoliy Amerika futbol ligasi „Minnesota United“ futbol klubiga qo‘shilgan. 30-iyun kuni u „Minnesota United“ futbol klubini tark etgan.
2016-yilning 12-yanvarida Jonathan Steele „Ottawa Fury“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan.
2016-yil 14-iyulda Jonathan Steele „Miami“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan.
Xalqaro faoliyati
2005-yilda Shimoliy Irlandiyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi bilan Jonathan Steele oʻz uyida yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan.
2013-yilning aprel oyida Jonathan Steele Red Bulls bilan ajoyib oʻyinlaridan soʻng u Shimoliy Irlandiya terma jamoasiga bir qator oʻrtoqlik oʻyinlariga taklif olgan, biroq maydonga tushmagan. Jonathan Steele terma jamoadagi debyutini 15-noyabr kuni Turkiyaga qarshi oʻtkazgan.
Statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org