Jonathan Klinsmann
Jonathan Klinsmann (talaffuzi: Jonatan Klinsmann) 1997-yil 8-aprelda Germaniyaning Myunxen shahrida (Bavariya) tavallud topgan. Amerikalik futbolchi „Los Angeles Galaxy“ klubi va 23 yoshgacha boʻlgan AQSh terma jamoasi darvozaboni.
Jonathan Klinsmann mashhur nemis futbolchisi va murabbiyi Yurgen Klinsmanning oʻgʻli.
Jamoalardagi faoliyati
2015-2016-yillarda Jonathan Klinsmann Berklidagi Kaliforniya universitetida tahsil olgan va universitet futbol jamoasida o‘ynagan.
2017-yilning yozida Jonathan Klinsmann „Gerta Berlin“ bilan shartnoma imzoladi. 2017-yilning 7-dekabr kuni Yevropa ligasi doirasida Shvetsiyaning „Östersund“ jamoasiga qarshi o‘yinda Jonathan Klinsmann asosiy jamoada debyut qildi. 2018/19-yilgi mavsum tugaganidan soʻng „Gerta“ Jonathan Klinsmanning shartnomasini uzaytirmadi.
2019-yil 18-iyun kuni Jonathan Klinsmann Shveysariyaning „Sent-Gallen“ jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. U 17-avgust kuni Shveysariya kubogi doirasida Montrö bilan oʻyinda „Sent-Gallen“ safida debyut qildi.
2020-yil 20-avgustda Jonathan Klinsmann „Los Angeles Galaxy“ga koʻchib oʻtdi. U MLSdagi debyutini 14-oktabr kuni „San Jose Earthquakes“ga qarshi o‘tkazdi, bu o‘yinda u 7 ta seyv amalga oshirdi va darvozaga 19 ta zarbadan to‘rtta gol o‘tkazib yubordi.
Xalqaro karyerasi
2017-yilda Jonathan Klinsmann AQSh yoshlar terma jamoasi tarkibida Kosta-Rikada boʻlib oʻtgan KONKAKAF yoshlar chempionatida gʻolib chiqdi. Turnirda u Panama, Gaiti, Meksika, Salvador va Gonduras jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Musobaqa natijalariga koʻra, Jonathan Klinsmann turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. Oʻsha yili Jonathan Klinsmann Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Ekvador, Senegal, Saudiya Arabistoni, Yangi Zelandiya va Venesuela jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org