Jonathan Kay




Jonathan Hillel Kay (1968-yilda tugʻilgan) – Kanadalik jurnalist. U The Walrus jurnalining bosh muharriri (2014–2017-yillar) va Quillettening ham muharriri hisoblanadi.
U ilgari Kanadaning Torontoda joylashgan National Post kundalik gazetasining sharh sahifalari muharriri, sharhlovchisi va bloggeri boʻlgan va gazetaga mustaqil ravishda hissa qoʻshishda davom etmoqda. U, shuningdek, kitob muallifi va muharriri, ommaviy maʼruzachi va Commentary va New York Post gazetalarining faollaridandir.

Bolalik davri



Jonathan Kay Monrealda (Kvebek) anglofon yahudiy oilasida tugʻilib oʻsgan. Uning onasi ijtimoiy konservativ gazetaning sharhlovchisi Barbara Kay boʻlgan. Otasi moliya sohasida ishlab, oilasini boqar edi.
McGill universitetida metallurgiya muhandisligi boʻyicha BEng va MEng darajasini va Yale yuridik fakultetida huquq darajasini olishdan oldin u Selwyn House maktabida va Marianopolis kollejida oʻqigan. Va u Nyu-York barining aʼzosi.
Nyu-York shahrida soliq boʻyicha advokat sifatida ishlagandan soʻng, Kay Torontoga koʻchib oʻtdi va u yerda 1998-yilda National Post tahririyat kengashining aʼzosi boʻldi. Kay oʻzini tennis va stol oʻyini ishqibozi deb taʼriflaydi va baʼzida ikkala mashgʻulotga boʻlgan ishtiyoqini ham jurnalistikasiga bogʻlagan.

Faoliyati



Kay 1998-yilda National Postga tahririyat kengashi aʼzosi sifatida qoʻshildi, keyinchalik gazetaning sharhlar muharriri va sharhlovchisi boʻldi. U 2014-yilda gazetani tark etgan, biroq uning sahifalarida mustaqil sharhlovchi sifatida chiqishda davom etmoqda.

Oʻzining muharrirligidan tashqari, Kay ikkita badiiy boʻlmagan kitob ham yozgan. 2007-yilda Kay Mossad zobiti Michael Rossning tarjimai holi boʻlgan „Koʻngilli“ kitobining ham muallifi boʻldi. 2011-yil may oyida HarperCollins Kayning ikkinchi kitobi – Among the Truthers: A Journey Through Americaʼs Growing Conspiracist Underground (ISBN 978-0-06-200481-9)ni chop etdi. Kitob Kayning fitna nazariyotchilari psixologiyasiga qiziqishini aks ettiradi.

Kay Kanada Liberal partiyasi rahbari Justin Trudeauning HarperCollins tomonidan nashr etilgan Common Ground memuarida mustaqil muharrir yordamchisi boʻlgan va uning vazifalaridan biri Trudeau bilan intervyularning bir qismini oʻtkazish edi. Trudeauning bosh kotibi Gerald Butts SNC-Lavalin ishidagi roli tufayli isteʼfoga chiqqanidan soʻng, Kay Butts kitob uchun u bilan birga ishlaganini oshkor qildi.
Uning loyihadagi ishtiroki ijtimoiy tarmoqlardagi konservatorlar, shuningdek, Sun News Networkdagi Ezra Levant tomonidan tanqidga uchradi.

Uning mustaqil maqolalari AQShning turli nashrlarida chop etilgan, jumladan Newsweek, The New Yorker, Salon.com, The New Republic, Harper’s Magazine, Los Angeles Times, The Weekly Standard, Literary Review of Canada, The National Interest va The New York Times.

2018-yilning may oyidan boshlab Kay Debra W. Soh bilan birga Quilletteʼs Wrongspeak podkastiga mezbonlik qildi. 2019-yil fevral oyidan boshlab Jonathan yil davomida podkastni oʻzi taqdim etishda davom etdi. Oxirgi podkastda Jonathan Kayning onasi Barbara Kay ishtirok etganligi sabab Wrongspeak 2019-yil 30-dekabrdan beri „tanaffusda“ deb eʼlon qilingan.

The Walrus



Kay 2014-yil 29-oktabrda Kanadaning jurnali The Walrusning bosh muharriri etib tayinlandi.
Kay 2014-yil 21-noyabrda Postni tark etdi, lekin mustaqil ravishda fikr-mulohazalarini yozishda davom etdi.

U 2017-yil 13-mayda The Walrus jurnalining bosh muharriri lavozimidan isteʼfoga chiqdi.
Kayning taʼkidlashicha, uning ketishiga nufuzli media-brenddagi menejerligi va munozarali fikrlarini bildiradigan sharhlovchi va media panelist sifatidagi oʻrni oʻrtasidagi ziddiyat sabab boʻlgan. U The Globe and Mailga yozgan elektron pochtasida: „Ayniqsa, soʻnggi oylarda men oʻzimni tobora koʻproq senzura qila boshladim va hamkasblarim baʼzida mening ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlarim tufayli yuzaga kelgan noqulayliklardandan haqli ravishda xafa boʻlishdi. Biror narsa qilish kerak edi va men birinchi qadamni tashlashga qaror qildim. Men ishdan boʻshatilmagan edim“, deb taʼkidlaydi. Kay oʻzi va The Walrus nashriyotchisi oʻrtasida hech qanday ziddiyat boʻlmaganini, unga jurnal va uning veb-saytini tahrir qilish erkinligi berilganligini, hamda oʻz-oʻzini senzura qilganini qoʻshimcha qildi.

Chop etilgan kitoblari




Mukofotlari va eʼtiroflar



2002-yilda u tanqidiy yozuvi uchun Kanada Milliy gazetasi mukofotiga sazovor boʻldi. 2004-yilda esa tahririyat yozuvi uchun Milliy gazeta mukofoti bilan taqdirlangan.
Hozirda u Demokratiyalarni Mudofaa Jamg'armasi (the Foundation for Defense of Democracies) ning xodimi hisoblanadi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz