Jonathan Guerreiro




Jonathan Fransiskovich Guerreiro (talaffuzi: Jonatan Gerreyro; 1991-yil 3-aprel, Sidney, Avstraliya) — Avstraliya va Rossiya vakili sifatida muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashgan figurali uchuvchi. 2014-yildan beri Tiffany Zahorski bilan juftlikda raqsga tushadi, u bilan birgalikda Rossiya kubogining ikki karra gʻolibi (2016, 2017), Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori (2018, 2020) boʻlgan. Yekaterina Ryazanova bilan juftlikda 2009-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining bronza medali sovrindoriga aylangan. Yekaterina Pushkash bilan 2011-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining kumush medali sohibi boʻlgan.

2021-yil 7-noyabr holatiga koʻra, Tiffany bilan Jonathan juftligi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) reytingida 20-oʻrinni egallagan.

Faoliyati



Avstraliya vakili sifatida



Jonathan Guerreiro 7 yoshida figurali uchishni mashq qila boshlagan va unga Lyapina murabbiylik qilgan. Avstraliyada uning sport juftliklari Kaya Pilts va Rachel Reading boʻlgan. Jonathan Pilts bilan birga 2003-yilgi Avstraliya chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan.

Guerreiro 2004-yilda avstraliyalik sherigi Rachel Reading bilan Moskvaga murabbiylar Yelena Kustarova va Svetlana Alekseyeva guruhida mashgu`lotlar oʻtash uchun Rossiyaga kelgan. Jonathan figurali uchish bilan jiddiy shugʻullanish uchun oilasining maslahati bilan Rossiyaga koʻchib oʻtishga qaror qilgan.

Rossiya vakili sifatida



Guerreironing Rossiyadagi birinchi sherigi Darya Panfilova edi. 2006-yilning yozida murabbiylar Yekaterina Ryazanova bilan juftlikda konkida uchishni taklif qilishdi.

2007—2008-yilgi mavsumda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichida ikkinchi oʻrinni egallagan juftlik finalga yoʻllanma oldi va u yerda sakkizinchi oʻrinni egalladi. Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida ular uchinchi oʻrinni egalladi. Oʻsmirlar oʻrtasidagi oʻzining ilk jahon chempionatida juftlik oltinchi oʻrinni egalladi.

Olimpiya mavsumi oxirida juftlik tarqaldi va Jonathan fransuz figurali uchuvchisi Tiffany Zahorski bilan sport juftligini hosil qildi. U Tiffany bilan 2015-yilgi Rossiya chempionatida debyut qilib, beshinchi oʻrinni egalladi.

Natijalari



T. Zahorski bilan




Y. Pushkash bilan




Y. Ryazanova bilan




Avstraliya uchun




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz