Jonathan dos Santos
Jonathan dos Santos Ramírez (talaffuzi: Jonatan dos Santos Ramires) — meksikalik futbolchi, Meksika terma jamoasi yarim himoyachisi.
Klublardagi karyerasi
„Barcelona“ va „Barcelona B“
Jonathan dos Santos Luis Enrike tomonidan „Barcelona“ yoshlar jamoasiga qabul qilindgan[1]. 2009-yil 5-sentyabrda Jonathan dos Santos „Barcelona B“ safida „Mallorca“ning o‘rinbosarlariga qarshi o‘yinda debyut qilgan . Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan. Jonathan dos Santos 2009-yil 28-oktabrda Ispaniya kubogi doirasida „Cultural Leonesa“ jamoasiga qarshi safarda 80-daqiqada yarim himoyachi Seydu Keyta o‘rniga maydonga tushgan va kataloniyaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Jonathan dos Santos Chempionlar Ligasidagi debyutini 2009-yil 24-noyabrda „Internazionale“ jamoasiga qarshi o‘yinda (2:0) o‘tkazgan va u 90+2-daqiqada Andres Iniestani almashtirgan. Jonathan dos Santos Ispaniya chempionatidagi debyutini 2010-yilning 2-yanvarida „Villarreal“ga qarshi o‘yinda ham ishtirok etgan.
„Villarreal“ jamoasi safida
2014-yilning yozida Jonathan dos Santos 2 million yevro evaziga „Villarreal“ jamoasiga ko‘chib o‘tgan va u yerda akasi Jovani bilan uchrashgan. Shartnoma besh yilga tuzilgan edi. 21-dekabr kuni „Deportivo de Coruña“ga qarshi oʻyinda u La Ligadagi ilk golini urdi.
2016-2-17-yilgi mavsumda u 34 ta oʻyinda qatnashib, ikkita gol va uchta golli uzatma muallifiga aylangan[9].
„Los Angeles Galaxy“ jamoasi safida
2017-yil 27-iyulda Jonathan dos Santos MLS dan „Los Angeles Galaxy“ klubiga koʻchib oʻtdi va u yerda Jovani bilan yana birlashdi.
Milliy terma jamoa safida
Jonathan dos Santos Meksika terma jamoasidagi debyutini 2009-yilning 30- oktyabrida Kolumbiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazdi va 72-daqiqada Patrisio Arauxo oʻrniga maydonga tushdi. Meksikaliklar 1:2 hisobida magʻlub boʻlishdi.
2019-yilning yozida u KONKAKAF Oltin Kubogi uchun terma jamoaga chaqirilgan edi. Final uchrashuvida, 73-daqiqada u yagona gol kiritib, jamoasiga AQSh termasi ustidan gʻalaba keltirdi. U turnirning ramziy terma jamoasiga kiritildi.
Xalqaro statistikasi
Yutuqlari
Jamoaviy yutuqlari; „Barcelona“
Shaxsiy yutuqlari
Manbalar
uz.wikipedia.org