Jonatan Knight




Jonatan Rashleigh Knight-Rodriguez (1968-yil 29-noyabrda tugʻilgan)  – amerikalik qoʻshiqchi. U „New Kids on the Block“ bolalar guruhining aʼzosi sifatida tanilgan. Guruhda uning ukasi Jordan, Donni Uolberg, Joi Makintayr va Denni Woodlardan iborat. U guruhning eng yoshi katta aʼzosi boʻlgan hamda 1994-yilda guruh rasmiy tarzda boʻlinganda Jonatan birinchi boʻlib guruhni tark etadi.

Yoshligi



Jonatan Knight MassachusettsMassachusets]] shtatining Boston shahrida tugʻilgan. Ota-onasi kanadalik boʻlgan (Uning otasi,Meafordning Ontario shahridagi Episkop cherkovi ruhoniysi, onasi esa Ontarioning Dunnville shahridan edi ) Oilada 6 ta farzand boʻlgan, ular: Allison, Sharon, David, Christopher, Jordan hamda Jonathan.

New Kids on the Block



1986-yildan 1994-yilgacha Knight Amerikaning New Kids on the Block (NKOTB) bolalar guruhining aʼzosi edi. 1994-yilda guruh boʻlinishidan oldin ular dunyo boʻylab 80 milliondan ortiq disk sotishadi, oʻsha yili Face the Music albomi uchun gastrolga chiqqanlarida Jonatan guruhni tark etadi. Guruh aʼzolari Jonatanni otdan qattiq jarohat olganini aytib, sayohatni davom ettirishga harakat qildi, biroq bir necha hafta oʻtgach, matbuot anjumanida ular haqiqatan ham boʻlinayotganligini maʼlum qilishdi Tauber, Michelle. „Renewed Kid“. People (20-noyabr 2000-yil). Qaraldi: 8-fevral 2009-yil.

2008-yilning bahorida Knight shou-biznesga qaytdi va New Kids on the Block guruhining qolgan toʻrt aʼzosi bilan birlashdi. Ular yettinchi albomi, The Block ni(14 yil ichida birinchisi) 2008-yil 2-sentabrda chiqardilar. Birlashishlarini tasdiqlash va yangi albomni eʼlon qilish uchun ular oʻn besh yil ichida birinchi marta 2008-yil 16-mayda "Today " shousida jonli ijro qilishadi.

Yangi nashrdan keyin dunyo boʻylab sayohat rejalashtirishdi va 2008-yil 18-sentabrda Torontoda sayohatni boshlashdi. Unda birinchi „Summertime“ qoʻshigʻi butun dunyo boʻylab yaxshi ijro etdi. Ijro Kanadada 9-oʻrinni egalladi va AQSh reytinglarida ham 30-oʻrinni egalladi. Ular 2008-yil avgust oyida The Block" albomidan ikkinchi singl „Single“ ni chiqardilar [5]

Shaxsiy hayoti



Jonatan guruh aʼzosi boʻlmish Jordan Knightning akasi edi.

Guruh birinchi bor tarqalib ketganidan soʻng, Knight Massachusets shtatining Esseks shahrida yashovchi koʻchmas mulk investori boʻlib ishlagan. Oʻsha yillarda u diqqat markazida boʻlmas, kamdan-kam hollarda omma oldida chiqish qilar, intervyu berardi. 2000-yilda u „New Kids on the Block“ guruhidagi ilk karerasidan beri sogʻligida salbiy oʻzgarishlar koʻrayotganini ochiqlaydi . Oʻshandan soʻng u shifokorlarga murojaat qiladi va sogʻligʻi yaxshilaydi .2011-yilda u psixologik ahvoli yomon muxlisga yordam berish uchun MTV kanal "True Life" seriyalarida koʻrina boshlaydi.

2009-yilda National Enquirer Jonatanning sobiq sevgilisi Kyle Wilker bilan uning roziligisiz uni gey deb eʼlon qilgan maqolasini chop etdi. Jonatan Knight shunday dedi: „Men oʻz hayotimni juda ochiq oʻtkazdim va hech qachon gey ekanligimni yashirmaganman“ . „New Kids on the Block“ blogidagi bayonotida u shunday deb qoʻshimcha qildi: "Koʻrinib turibdiki, gey jamoat arbobi boʻlishining asosiy sharti jurnalning muqovasida „Men geyman“ yozuvi bilan chiqishi ekan. Agar shunday qilishimni kutayotgan boʻlsangiz, bunday qilmaganim uchun uzr soʻrayman! "

2008-yildan beri Knight Harley Rodriguez bilan munosabatlar oʻrnatgan . Ikkalasi 2015-yil boshida CBS telekanalida namoyish etilgan The Amazing Race tanlovi seriyasining 26-mavsumida ishtirok etishdi va u yerda 9-oʻrinni egallashdi . 2016-yilning 15-noyabrida Afrikada dam olishga borishadi, Knight Rodriguezga turmush qurishni taklif qilladi va ikkalasi unashtiriladi .2021-yil mart oyida Knight HGTV Farmhouse Fixer telekoʻrsatuvini oʻtkaza boshladi, unda u mijozlar uchun eski Nyu-England fermalarini tiklaydi .

2022-yilning 25-avgustida Knight va Rodriguez turmush qurganlarini eʼlon qilishdi .

Diskografiya



New Kids on the Block albomi

Manbalar




Tashqi havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz