Jon Purnell




Jon Robert Purnell (1948-yilda tugʻilgan) — AQShning Oʻzbekistondagi sobiq elchisi, diplomat.

Shaxsiy hayot




Purnell Massachusets shtatining Norvud shahrida tugʻilgan. 1966-yilda Norvud oʻrta maktabini tamomlagan. Shundan soʻng oʻqishni Braun universitetida davom ettiradi va u yerda 1970-yilda Yevropa tarixi boʻyicha bakalavr darajasini oldi. 1973-yilda Garvard universitetida sovetshunoslik boʻyicha magistrlik darajasini oladi.

Purnell Massachusets Audubon jamiyatida ekologik taʼlim boʻyicha mutaxassis sifatida ham ishlagan. Uning atrof-muhit muammolariga qiziqishi katta boʻlgan.

Tashqi ishlar vazirligida



Jon 1980-yildan 1981-yilgacha Monroviyada (Liberiya) va 1988-yildan 1989-yilgacha esa Avstriyaning Vena shahrida AQShning oddiy qurollarni nazorat qilish delegatsiyasi aʼzosi sifatida faoliyat yuritgan.

Purnell 1982—1984-yillarda Moskvada ishlagan. 1986-yilda Milliy xavfsizlik kengashida elchi Jek Metlokning maxsus yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan.

1989—1992-yillarda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi AQSh Bosh konsulligi direktorining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

1993—1996-yillarda Ukraina, Belarus va Moldova Davlat departamenti departamenti direktori boʻlgan.

Purnell 1997—2000-yillarda boʻlgan Qozogʻistonning Olmaota shahridagi missiya boshligʻining yangi mustaqil davlatlar boʻyicha maxsus maslahatchisi vazifasini bajaruvchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan.

2001—2002-yillarda Davlat departamenti Bosh inspektor boshqarmasida katta inspektor lavozimida ishlagan. AQShning Moskvadagi elchixonasida siyosiy masalalar boʻyicha vazir maslahatchisi boʻlgan.

Jon Purnell 2004-yil 28-yanvardan to 2007-yil 28-aprelga qadar AQShning Oʻzbekiston Respublikasidagi elchisi sifatida faoliyat yuritgan.

Mukofatlari



Purnell Davlat departamentining Oliy sharaf mukofoti va faxriy sharaf mukofotiga sazovor bo'lgan.

Manbalar




Tashqi havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz