Jon Milnor




John Willard Milnor (talaffuzi: Jon Uillard Milnor) (1931-yil 20-fevralda tugʻilgan) – amerikalik matematik. Milnor differensial topologiya, K-teoriyasi hamda dinamik tizimlar sohalaridagi ishlari bilan tanilgan. Milnor Fields medali, Wolf mukofoti hamda Abel mukofoti bilan taqdirlangan besh matematikning biridir (Pierre Deligne, Jean-Pierre Serre, John Thompson hamda Grigoriy Margulis bilan bir qatorda).

Milnor 1964-yildan beri Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy fanlar akademiyasi aʼzosidir. 1994-yil Rossiya fanlar akademiyasining xorijlik aʼzosi etib tayinlangan.

Milnor Princeton universitetini tamomlagan. Mashhur topolog Ralph Foxning shogirdi. Milnor Princeton shahridagi Perspektiv tadqiqotlar institutida va Stony Brook universitetida ishlagan.

Kitoblari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz