Jon Klemm




Jonathan Darryl Klemm (talaffuzi: Jonatan Darril Klemm, 1970-yil 8-yanvarda tugʻilgan) — Kanadalik sobiq professional xokkey himoyachisi. U faoliyati davomida Gʻarbiy xokkey ligasining Winnipeg Ice jammoasining yordamchi murabbiyi boʻlgan

Jamoalardagi oʻyin faoliyati



1991-yilda Spokane jamoasi sardori sifatida Memorial kubogini qoʻlga kiritgandan soʻng, Klemm 1991-yil 14-mayda Quebec Nordiques jamoasi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolagan. Klemm keyingi toʻrt yilni asosan Halifax Citadels va AHLning Cornwall Aces jamoasida oʻtkazgan. Klemm keyingi 5 mavsumni Avalanche jamoasi himoya chizigʻida oʻtkazgan va Avalanche jamoasiga 2000—2001-yilgi mavsumda Stanley kubogidagi ikkinchi gʻalabasiga yordam bergan.

Klemm 2006-yil 28-iyun kuni Stars jamoasi bilan klubning zaxira varianti sifatida qayta shartnoma imzolagan. U jamoa tarkibida 100ta golli uzatmani amalga oshirgan.

2007-yil 20-avgustda Klemm erkin agent sifatida Los Anjeles Kings jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Biroq 2007—2008-yilgi mavsum oldidan, 2007-yil 28-sentyabrda kuni u King jamoasining AHLdagi filiali, Manchester Monarchs jamoasiga transfer qilingan. 2008—2009-yilgi mavsumda u professional xokkey boʻyicha Germaniya DELida Straubing Tigers jamoasida oʻynagan.

2009-yil 1-aprelda Klemm professional xokkeydan rasman nafaqaga chiqqan. Klemm 2009—2010-yilgi mavsumda jamoaga yordamchi murabbiy etib tayinlangandan soʻng, oʻzining oʻsmirlar jamoasi Spokane Chiefsga qaytishni maʼqul koʻrgan.

Jamoalardagi faoliyat statistikasi




Mukofot va unvonlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz