Joʻn kanali
Joʻn kanali — Toshkent viloyatidagi kanal. Toshkent sh.ning janubisharq qismidan oʻtadigan Salor kanalining Joʻn-Salor suv taqsimlagichidan boshlanadi. Uz. 54 km. Qadimgi kanallardan biri. Shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga egri-bugri boʻlib oqadi. Bosh qismining maksimal suv sarfi 32,0 m³/sek. Eni 4-9 m, chuqurligi maksimal suv sarfi davrida 2—3,5 m. Atrofdagi yerlarni sugorish uchun kanaldan juda koʻp tarmokdar chiqarilgan. Kanalning koʻp qismi jarlik va noqulay joylardan oʻtadi. 1927—28 yillarda kanal gidrotexnik inshootlar bilan toʻla taʼminlandi. Keyingi yillarda kanal rekonstruksiya qilindi va yoʻnalishi yildan yilga toʻgʻrilanib, uzaytirib borildi. Bosh qismi betonlashtirilgan. Joʻn kanali Yangiyoʻl tumanida 20 ming ga dan koʻproq yerni sugoradi. Shu tuman hududida ariklarga boʻlinib tugaydi.
Manbalar
uz.wikipedia.org