Jomboy
Jomboy — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi qishloq tumani va tuman markazi nomi. Toponimning jom yoki yom „bekat, istehkom“ soʻzi bilan aloqasi yoʻq. Y.Koychibayevning aytishicha, Jomboy nomli toponim Qozogʻistonning Guryev oblastida ham boʻlib, etnik nom asosida vujudga kelgan. Jomboy qozoqlarning bir urugʻi nomi.
2022-yil 1-sentabr holati 180,4 ming kishi, shundan erkaklar — 91,0 ming nafar, ayollar — 89,4 ming nafar.
Qishloq fuqarolar yigʻinlari
1502-yilda Shayboniyxon Buxorodan Samarqandga qaytishida Zarafshon daryosining Jomboydan oʻtuvchi qismida 7 ravoqdan iborat koʻprik qurdirgan. Zamonlar oʻtishi bilan ravoqlar buzilib, 19-asrning 40-yillarida 3 ta ravoq butun qolgan. Hozir koʻprikning birgina ravogʻi saqlangan. 1899-yil Jomboy orqali temir yoʻl oʻtkazilgan. 1911-yilda Mahmudxoʻja Behbudiy tashabussi bilan yangi usulda maktab ochilgan.
Mahalla fuqarolar yigʻinlari
Manba
uz.wikipedia.org